Sug’urta xizmatlarini elektron ko’rsatish tartibi tasdiqlandi

Mazkur nizom 2025-yilning 11-fevralidan kuchga kiradi

Sug’urta xizmatlarini elektron ko’rsatish tartibi tasdiqlandi

ILMA tomonidan “Sug‘urta xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlanib, Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Unga ko’ra, sug‘urta xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatishda amal qilinishi lozim bo‘lgan talablar va shartlar belgilandi.

Jumaladan, sug‘urta shartnomalari Yagona tizim, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, sug‘urtalovchi yoki sug‘urta agentining axborot tizimlari orqali elektron shaklda tuzilishi mumkin. Sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta shartnomalari Yagona tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazilib, sug‘urta polislari ushbu tizim orqali mazkur Nizomga muvofiq rasmiylashtiriladi.

Xizmatlarni elektron shaklda ko‘rsatuvchi sug‘urta agenti o‘zining dasturiy ta’minotida sug‘urta qildiruvchilar uchun sug‘urtalovchini erkin tanlash imkoniyatini yaratishi hamda sug‘urtalovchilarning vakolatli davlat organi tomonidan e’lon qilingan reyting ko‘rsatkichlarini aks ettirishi shart.

Shuningdek, ayrim majburiy sug‘urta shartnomalarini (ish beruvchi, tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish va boshqalar) elektron shaklda rasmiylashtirish Yagona tizimda sug‘urta qildiruvchining shaxsiy kabineti orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshiriladi.

Sug‘urtalovchilar tuzgan barcha qayta sug‘urta shartnomalari ham Yagona tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Barcha sug‘urta polislari bir xil namunaviy shaklda (qonunchilikda sug‘urta polisining boshqa shakli tasdiqlangan hollar mustasno) Yagona tizimda rasmiylashtiriladi.

Shu bilan birga, sug‘urta polisi Yagona tizim orqali faqatgina sug‘urta shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan va sug‘urta mukofoti to‘langanligi sug‘urtalovchi tomonidan elektron tarzda tasdiqlanganidan so‘ng avtomatik tarzda rasmiylashtiriladi.

Sug‘urta polisining haqiqiyligini sug‘urta polisining maxsus kodi (QR-kod) orqali tekshirilishi mumkin. Barcha sug‘urta da’volari ham Yagona tizimda ro‘yxatdan o‘tkaziladi;

Yagona tizimdan foydalanish talablari va shartlari buzilganda, sug‘urtalovchilarning Yagona tizimdan foydalanishi to‘liq yoki qisman to‘xtatiladi.

Mazkur nizom 2025-yilning 11-fevralidan kuchga kiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent shahrida ijara narxlari bir yilda 9,1% ga oshdi — ITIM
/
Toshkent shahrida ijara narxlari bir yilda 9,1% ga oshdi — ITIM
O‘zbekistonga to‘rt oyda 4 mln nafardan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi
/
O‘zbekistonga to‘rt oyda 4 mln nafardan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi
Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 125 ming ortiq uy-joy bitimlari imzolandi
/
Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 125 ming ortiq uy-joy bitimlari imzolandi