O‘zbekistonda elektron hisob-faktura va elektron tovar-transport yuk xati birlashtiriladi

Ammo qo‘lda yoki maxsus qurilmalar yordamida tashilganda rasmiylashtirilmaydi

O‘zbekistonda elektron hisob-faktura va elektron tovar-transport yuk xati birlashtiriladi

Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xati birlashtiriladi. 

Xususan, ayrim sohalarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirish tartiblari belgilandi.

Bunda, tovar-moddiy boyliklar yuklab jo‘natish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq-faktura elektron tovar-transport yuk xati bilan birlashtirilgan holda rasmiylashtirilishi mumkin.

Ammo quyidagi hollarda elektron hisobvaraq-faktura bilan elektron tovar-transport yuk xati birlashtirilgan holda rasmiylashtirilmaydi:

  • tovarlar transport vositasidan foydalanmagan holda (shu jumladan, jamoat transportidan foydalangan holda) qo‘lda yoki maxsus qurilmalar (arava, eskalator va qonunchilik hujjatlariga ko‘ra davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydigan boshqa qurilmalar) yordamida tashilganda;
  • yuk jo‘natuvchi tomonidan tovar yuklab jo‘natish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi