1-maydan boshlab O‘zbekistonda elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi

Yig‘im hajmi avtomobilning xususiyatlariga qarab 45 dan 78,7 mln so‘mgacha bo‘ladi

1-maydan boshlab O‘zbekistonda elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi

2025-yil 1-maydan boshlab O‘zbekistonda elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi. Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, uning miqdori avtomobilning xususiyatlariga qarab 45 mln so‘mdan 78,7 mln so‘mgacha bo‘ladi.

Hujjat 2025-yil 4-fevralda imzolangan. Ushbu yangilikning maqsadi — elektromobillar akkumulyatorlarini utilizatsiya qilish va qayta ishlash infratuzilmasini yaratish hamda avtomobil bozorini tartibga solish.

Utilizatsiya yig‘imi miqdori

Vazirlar Mahkamasi quyidagi stavkalarni tasdiqladi:

 • 120 BHM (45 mln so‘m) – 3 yilgacha foydalanilgan elektromobillar uchun;

 • 210 BHM (78,7 mln so‘m) – 3 yildan ortiq foydalanilgan elektromobillar uchun.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank aholidan eng ko‘p shikoyat tushgan banklar reytingini e’lon qildi
/
Markaziy bank aholidan eng ko‘p shikoyat tushgan banklar reytingini e’lon qildi
Nizomiy universitetining Chilonzordagi asosiy kampusi 886,6 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi
/
Nizomiy universitetining Chilonzordagi asosiy kampusi 886,6 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi
Eski avtomobilini utilizatsiyaga topshirmaganlar har yili BHMning 30 baravari miqdorida to‘lov qiladi
/
Eski avtomobilini utilizatsiyaga topshirmaganlar har yili BHMning 30 baravari miqdorida to‘lov qiladi