1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun yangi tariflar joriy etiladi

Xususan, bir oy uchun 200 kVt·soatgacha bo'lgan elektr energiyasi 650 so‘m, tabiiy gaz uchun esa 2 000 so‘m etib belgilandi

1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun yangi tariflar joriy etiladi

O‘tgan yilgi Hukumat qarorida har yili 1-maydan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari 10% dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda indeksatsiya qilinishi belgilangan edi.

Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarini belgilash to‘g‘risida”gi qarori bilan 2026-yil 1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun yangi tariflar tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, I va II guruh iste’molchilari uchun elektr energiyasining 1 kVt·soat narxi 1 100 so‘m etib belgilandi. IV guruh iste’molchilari uchun ham elektr energiyasining 1 kVt·soati 1 100 so‘mni tashkil etadi.

Aholini ham o‘z ichiga oluvchi III guruh uchun tabaqalashtirilgan tariflar saqlab qolindi.

Xususan, ovqat tayyorlash uchun elektr plitalari bilan markazlashgan tarzda jihozlangan ko‘p qavatli uylar va yotoqxonalarda yashovchi aholi uchun:

  • oyiga 200 kVt·soatgacha — 325 so‘m;
  • 201 kVt·soatdan 500 kVt·soatgacha — 450 so‘m;
  • 501 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha — 550 so‘m.

Boshqa maishiy iste’molchilar uchun esa:

  • oyiga 200 kVt·soatgacha — 650 so‘m;
  • 201 kVt·soatdan 500 kVt·soatgacha — 900 so‘m;
  • 501 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha — 1 100 so‘m.

Belgilangan me’yorlardan ortiq iste’mol uchun oshiruvchi koefitsiyentlar asosidagi tariflar saqlab qolinadi.

Tabiiy gazning 1 kubometri narxi barcha iste’molchilar uchun (ayrim toifalar bundan mustasno) 2 000 so‘m etib belgilandi. Avtomobillarga gaz to‘ldiruvchi kompressor stansiyalari uchun tarif 1 kubometr uchun 2 750 so‘mni tashkil qiladi.

Aholi uchun tabiiy gaz tariflari ham tabaqalashtirilgan tartibda saqlanadi: isitish mavsumida oyiga 500 kubometrgacha va boshqa mavsumlarda oyiga 100 kubometrgacha iste’mol qilinganda 1 kubometr gaz narxi 1 100 so‘m bo‘ladi.

Qarorda energiya resurslarini yetkazib berishdagi yo‘qotishlarni kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish hamda xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar ham belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Hukumatning 2025-yil 31-martdagi qaroriga muvofiq elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili bir marta — 1-maydan boshlab 10% dan oshmagan miqdorda indeksatsiya qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Issiqxonalarni isitishda mazut, bitum va shinalarni yoqqanlik uchun jarimalar belgilandi
/
Issiqxonalarni isitishda mazut, bitum va shinalarni yoqqanlik uchun jarimalar belgilandi
Centrum Air o‘n oltinchi samolyoti sotib oldi
/
Centrum Air o‘n oltinchi samolyoti sotib oldi
O‘zbekistonda yil boshidan beri 4 mlrd kVt soat “yashil” energiya ishlab chiqarildi
/
O‘zbekistonda yil boshidan beri 4 mlrd kVt soat “yashil” energiya ishlab chiqarildi