YIDXPda avtomobillar uchun ekologik stikerga murojaat qilish imkoniyati joriy etildi

Stiker bepul beriladi, murojaatlar 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va pochta orqali yetkaziladi

YIDXPda avtomobillar uchun ekologik stikerga murojaat qilish imkoniyati joriy etildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtomobillar uchun ekologik stiker olish bo‘yicha elektron murojaat qilish imkoniyati ishga tushirildi. Bu haqda portal matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xizmat portalning “Transport” bo‘limida mavjud. Avtomobil egasi ariza shakliga avtomatik kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlashi va “Yuborish” tugmasini bosishi talab etiladi.

Murojaat Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan 10 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi. Ariza beruvchiga ekologik stiker arizada ko‘rsatilgan manzilga pochta orqali yuboriladi.

Ekologik stiker berish bepul amalga oshiriladi. Faqat yetkazib berish xizmati uchun BHMning 5%i, ya’ni 20 600 so‘m miqdorida to‘lov undiriladi.

Ekologik stikerlarni berish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025-yil noyabr oyida tasdiqlangan. Avtomobillarga ekologik toifasiga qarab stikerlar beriladi: “toza” avtomobillar uchun — yashil, “o‘rtacha” uchun — sariq, “zararli” uchun — qizil rangda.

Qarorga muvofiq, avtomobilning ekologik toifasi ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan ekologik sinf asosida aniqlanadi. Jumladan, benzin, siqilgan yoki suyultirilgan gazda ishlovchi avtomobillar uchun:

  • “Yevro-2” va undan yuqori — “toza” toifa;
  • “Yevro-0” va “Yevro-1” — “o‘rtacha” toifa.

Dizel yoqilg‘isida ishlovchi avtomobillar uchun:

  • “Yevro-4” va undan yuqori — “toza” toifa;
  • “Yevro-3” — “o‘rtacha” toifa;
  • “Yevro-0”, “Yevro-1” va “Yevro-2” — “zararli” toifa.

Gibrid va elektr avtomobillar, shuningdek ichki yonuv dvigateliga ega bo‘lgan, foydalanilganiga 3 yil to‘lmagan avtomobillar “toza” toifaga kiritiladi.

Ekologik stikerlar avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalarida muddatsiz beriladi. Agar avtomobilning ekologik sinfini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmasa, diagnostika Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Innovatsion loyihalar va aholiga servis xizmatlari ko‘rsatish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Charvoqdagi Sea Breeze loyihasi ekologik ekspertizaning birinchi bosqichidan o‘tdi
/
Charvoqdagi Sea Breeze loyihasi ekologik ekspertizaning birinchi bosqichidan o‘tdi
Toshkentga yana 240 ta avtobus xarid qilinib, 16 ta yangi yo‘nalish tashkil etiladi
/
Toshkentga yana 240 ta avtobus xarid qilinib, 16 ta yangi yo‘nalish tashkil etiladi
Biznes-ombudsman Caravan Group asoschisiga beriladigan 12,5 mlrd so‘mlik kompensatsiya bo‘yicha sud qaroriga shikoyat kiritadi
/
Biznes-ombudsman Caravan Group asoschisiga beriladigan 12,5 mlrd so‘mlik kompensatsiya bo‘yicha sud qaroriga shikoyat kiritadi