O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston o‘rtasida 2025-yilga mo‘ljallangan ruxsatnoma blankalari 2 barobarga oshiriladi
Buning uchun “E-Permit” ayirboshlash tizimi joriy etilishi rejalashtirilgan
Transport vazirligi
Transport vazirligida Xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston Qo‘shma komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ikki mamlakat transport vazirligi mutasaddi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda avtomobil transportida xalqaro tashuvlarni rivojlanish, ushbu jarayonda milliy tashuvchilarga qulay sharoitlarni yaratish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuvda har ikki tomon vakillari xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligini alohida ta’kidlab o‘tishdi. Shu munosabat bilan tomonlar 2025-yilga mo‘ljallangan ruxsatnoma blankalarini 2 barobarga ko‘paytirishga kelishib oldilar.
Shuningdek, tomonlar yuk tashuvlari jarayonini jadallashtirish maqsadida mamlakatlar o‘rtasida ruxsatnoma blankalarini elektron “E-Permit” ayirboshlash tizimi joriy etishni bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ