Kiberxavfsizlik markazi o‘zbekistonliklar ma’lumotlari sizib chiqishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Ichki ishlar, ijtimoiy himoya va boshqa davlat tizimlariga oid ma’lumotlar xavf ostida bo‘lishi mumkin, tekshiruv davom etmoqda

Kiberxavfsizlik markazi o‘zbekistonliklar ma’lumotlari sizib chiqishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari keng ko‘lamda sizib chiqqani haqidagi xabarlar tarqaldi. Unga ko‘ra, elektron hukumat tizimlarida foydalaniladigan markaziy OAuth-server buzilgan bo‘lishi mumkin.

Mazkur tizim Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya agentligi, Statistika qo‘mitasi, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi hamda boshqa davlat va nodavlat platformalariga kirishda qo‘llaniladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 15 mlnga yaqin foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari tarmoqqa tarqalgan bo‘lishi ehtimoli mavjud.

Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan hozirda rasmiy tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Natijalar yakunlangach, qo‘shimcha axborot beriladi.

Shuningdek, mutasaddilar fuqarolarni shaxsiy ma’lumotlarini begona shaxslarga bermaslikka chaqirdi. Davlat va boshqa elektron tizimlarga kirishda murakkab login va parollardan foydalanish, shubhali havolalar orqali ma’lumot kiritmaslik tavsiya etildi.

Kiberxavfsizlik markazi aholining raqamli xavfsizligini ta’minlash maqsadida ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilish zarurligini yana bir bor eslatdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mustaqillik kunida o‘zbekistonliklarni to‘rt kunlik dam olish kunlari kutmoqda
/
Mustaqillik kunida o‘zbekistonliklarni to‘rt kunlik dam olish kunlari kutmoqda
Toshkentda $173 mln evaziga issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaradigan 7 ta stansiya quriladi
/
Toshkentda $173 mln evaziga issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaradigan 7 ta stansiya quriladi
O‘zbekistonda yil boshidan 9 282 ta kiberjinoyat fosh etildi
/
O‘zbekistonda yil boshidan 9 282 ta kiberjinoyat fosh etildi