O‘zbekistonda dronlarni import qilish va ishlab chiqarish liberallashtiriladi

Uchuvchisiz apparatlardan biznesda foydalanish litsenziya asosiga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda dronlarni import qilish va ishlab chiqarish liberallashtiriladi

O‘zbekistonda yuridik shaxslarga iqtisodiyot ehtiyojlari uchun fuqarolik uchuvchisiz uchish apparatlarini import qilish, ishlab chiqarish va qo‘llashga ruxsat berilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2026-yilga mo‘ljallangan davlat dasturida ma’lum qilingan.

Mudofaa, transport hamda raqamli texnologiyalar vazirliklari Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi bilan birgalikda joriy yil iyuniga qadar tegishli farmon loyihasini ishlab chiqadi. Hujjat tijorat tashkilotlariga ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsiyalarni joriy etish uchun texnika xarid qilish va ishlab chiqarish imkonini beradi.

Islohot doirasida mamlakat havo hududi xavfsizlikni ta’minlash maqsadida “yashil”, “sariq” va “qizil” sektorlarga ajratiladi. Shuningdek, qurilmalarning osmonda harakatini avtomatlashtirilgan tarzda kuzatib boruvchi raqamli platforma yaratiladi.

Dasturda operatorlarni tayyorlashning aniq standartlarini joriy etish va ularga tegishli guvohnomalar berish mexanizmlarini ishlab chiqish ham ko‘zda tutilgan. Dronlarni import qilish, ishlab chiqarish hamda ular orqali xizmat ko‘rsatish faoliyati majburiy sertifikatlash va litsenziyalash tartibiga o‘tkaziladi.

Hozirda jismoniy shaxslar uchun bunday qurilmalarni olib kirishga taqiq amal qiladi va qoidabuzarlik uchun 20 BHM (8,24 mln so‘m)gacha jarima belgilangan. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi va turizm sohasidagi ayrim yuridik shaxslar texnologiyalardan cheklangan tartibda foydalanish imkoniga ega.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Samarqand 2030-yilgacha zamonaviy “yashil shahar”ga aylantiriladi
/
Samarqand 2030-yilgacha zamonaviy “yashil shahar”ga aylantiriladi
Oʻzbekiston va Gruziya $1 mlrddan ortiq investitsiya va savdo bitimlarini imzoladi
/
Oʻzbekiston va Gruziya $1 mlrddan ortiq investitsiya va savdo bitimlarini imzoladi
O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi
/
O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi