7.3.2025 | 11:28
2024-yilda “Dori-Darmon” ning foydasi 1,2 mlrd so‘mni tashkil etdi
Kompaniyaning sof tushumi 192,2 mlrd so‘mga kamaygan
“Dori-Darmon” AK ning sof foydasi 2024-yilda 1,2 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu esa 2023-yilga (8,2 mlrd so‘m) nisbatan 85,0% kam hisoblanadi. Bu haqda ma’lumot Istiqbolli loyihalar milliy agentligi portalida e’lon qilindi.
Kompaniya sof tushumi 31,8% ga kamayib, 192,2 mlrd so‘mgacha tushdi.
DORI ning uzoq muddatli kreditlari yil davomida 105,8 mlrddan 103,6 mlrd so‘mga, uzoq muddatli qarzlari esa 115,3 mlrddan 99,8 mlrd so‘mga kamaydi. Yil oxiriga kelib, qisqa muddatli kreditlar 10,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ