O‘zbekistonda noqonuniy o‘rnatilgan bankomatlar demontaj qilinmoqda

Ammo Kadastr agentligi ularning aniq sonini oshkor qilmagan

O‘zbekistonda noqonuniy o‘rnatilgan bankomatlar demontaj qilinmoqda

O‘zbekistonda noqonuniy o‘rnatilgan bankomatlar demontaj qilinmoqda. Bu haqda 24-mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Mirsaid Mirmaqsudov ma’lum qildi.

Ilgari demontaj qilinishi rejalashtirilgan, biroq keyin ularning egalarining hujjatlarini tartibga solishga qaror qilingan elektr zapravkalar bilan bog‘liq vaziyat haqidagi savolga javob berar ekan, agentlik matbuot kotibi Ne’matjon Otamuratov yer nazorati agentlikning asosiy vazifalaridan biri ekanini eslatib o‘tdi. Unga ko‘ra, inspektorlar tomonidan noqonuniy binolarni aniqlash, ogohlantirish va qonun doirasida boshqa choralar ko‘rilmoqda.

Agentlik rahbari o‘rinbosari ko‘chalarga ruxsatsiz o‘rnatilgan bankomatlar tarmoqdan uzilish ishlari Markaziy bank bilan hamkorlikda muntaxam amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

“Siz buni sezmasligingiz mumkin. Menda demontaj qilingan bankomatlar soni haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Biroq ish doimiy asosda olib borilmoqda. Buni Markaziy bank ham, tijorat banklari ham tasdiqlashi mumkin”, — dedi Mirmaqsudov.

Agentlikning ta’kidlashicha, noqonuniy o‘rnatilgan bankomatlarni aniqlash va demontaj qilish choralari davom etadi.

Matbuot kotibining aniqlik kiritishicha, 2024-yilda 66 mingdan ortiq yer qonunchiligi buzilishi qayd etilgan. Bankomatlarni noqonuniy joylashtirish va boshqa qonunbuzarliklar shular jumlasidandir.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi