AQSh O‘zbekistonning Datavice kompaniyasiga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar joriy qildi

Kompaniya va uning ta'sischisi kiberjinoyatchilik guruhlariga hosting-provayderi yetkazishda aloqador deb hisoblanmoqda

AQSh O‘zbekistonning Datavice kompaniyasiga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar joriy qildi

AQSh Moliya vazirligining Tashqi aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Yangilangan ro‘yxatga O‘zbekistonning Datavice kompaniyasi hamda rossiyalik shaxs Maksim Makarov kiritildi.

OFAC ma’lumotiga ko‘ra, Datavice ham, Makarov ham kiberjinoyatchilik bilan shug‘ullanadigan guruhlarga infratuzilma taqdim etuvchi AEZA Group hosting-provayderi bilan bog‘liq deb hisoblanmoqda.

Kompaniya haqida ma’lumot

Datavice MChJ 2025-yil iyul oyida Toshkentda ro‘yxatdan o‘tgan. iHamkor ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniyaning ta’sischisi, rahbari va bosh hisobchisi — Maksim Makarov. Ustav fondi — 24 mln so‘m va 31-iyuldan boshlab kompaniya IT Park rezidenti hisoblanadi.

Shu bilan birga, OrgInfoning 21-iyul holatiga ko‘ra, kompaniya rahbari sifatida Rustam Ochilov ko‘rsatilgan.

Avvalroq, O‘zbekistonlik tadbirkor Rustam Mo‘minov Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgandi. Tadbirkor Rossiya porox zavodlariga paxta sellyulozasi yetkazib berishga aloqador deb hisoblanmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi