Xatolarning bahosi: Samarqandlik tadbirkor ilk biznesidagi muvaffaqiyatsizligi va ofissiz faoliyat yuritayotgan to‘rtta kompaniya haqida

Temurbek Abdumajidov ofissiz biznes boshqarish tajribasi bilan o‘rtoqlashadi va TBC Biznes unga yangi loyihalarni rivojlantirishda qanday yordam berayotgani haqida so‘zlaydi

Xatolarning bahosi: Samarqandlik tadbirkor ilk biznesidagi muvaffaqiyatsizligi va ofissiz faoliyat yuritayotgan to‘rtta kompaniya haqida

Temurbek Abdumajidovning ilk loyihasi muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa-da, bu unga oyiga 70 mln so‘mgacha daromad keltiradigan to‘rtta biznesni yo‘lga qo‘yishga to‘sqinlik qilmadi. Ushbu maqolada samarasiz g‘oyalardan o‘z vaqtida voz kechish, TBC Biznes raqamli xizmati yordamida safarda ham biznesni rivojlantirish va bugungi kunda tadbirkorga nima uchun ofis kerak emasligi haqida so‘z boradi.

Moskva davlat universitetida bolalar psixologiyasi bo‘yicha tahsil olgach va u yerda o‘n yil yashagach, Temurbek Abdumajidov O‘zbekistonga qaytdi. Bugungi kunda u to‘rtta turli loyihani boshqaradi: Tourist Gift sayyohlar uchun xalqaro fintex xizmati, rekruting agentligi, mehmonxona biznesini boshqaruvchi kompaniya hamda Tony’s Way ta’lim platformasi.

Mazkur loyihalar jamoalarida qariyb 50 nafar xodim ishlaydi. Temurbek esa barcha bizneslarini masofadan turib — ofis, ko‘p sonli menejerlar jamoasi va murakkab dasturlarsiz boshqaradi.

U ilk startapi nega muvaffaqiyat qozonmagani, Polshada paydo bo‘lgan tasodifiy g‘oya qanday qilib asosiy daromad manbaiga aylangani, shuningdek, tez-tez safarda bo‘lganida TBC Bank’ning kichik va o‘rta biznes uchun mo‘ljallangan to‘liq raqamli xizmati — TBC Biznes biznesini boshqarishda unga qanday yordam berayotgani haqida so‘zlab berdi.

Yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun bonus kartalaridan sayyohlar uchun raqamli xizmatgacha

2021-yilda O‘zbekistonga qaytgan Temurbek qariyb ikki yil davomida Easy Booking kompaniyasining filial direktori lavozimida ishladi. Uning aytishicha, bu tajriba biznes qanday ishlashini chuqurroq tushunishga va o‘z biznesi uchun yangi imkoniyatlarni ilg‘ashga yordam bergan.

Uning ilk biznes loyihasi “Xalyalikar” nomli yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun bonus tizimi bo‘ldi. Biroq loyiha kutilgan natijani bermadi: chunki o‘sha paytda ko‘plab kompaniyalar va haydovchilar naqd pulda to‘lov qilishni afzal ko‘rishardi.

Keyinroq yangi g‘oya paydo bo‘ldi. Xalqaro to‘lov xizmatlari Rossiya bozorini tark etgach, rossiyalik sayyohlar xorijda to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kela boshladi. Shu muammoni hal qilish maqsadida Temurbek Tourist Gift xizmatini $5 mingga sotib oldi va uni ishga tushirish uchun 60 mln so‘m miqdorida moliyalashtirishni jalb qildi.

“Moskvadagi kompaniya sayyohlarga rublda raqamli sertifikatlarni sotadi. Ular O‘zbekistonga kelgach, mehmonxona yoki restoran xizmatlari uchun Telegram-bot orqali to‘lov qiladi, biz esa ertasi kuni hamkorimizga mablag‘ni so‘mda o‘tkazamiz”, — deydi tadbirkor.

Loyiha 2023-yilgi ilk mavsumdayoq o‘zini oqladi. Xizmat 12 ta shaharga kengaydi, hamkorlar tarmog‘i esa qariyb 500 ta mehmonxonani qamrab oldi. Armanistonda  kompaniya qisqa vaqt ichida bozordagi yetakchilardan biriga aylandi, chunki u yerda shunga o‘xshash yechimlar mavjud emas edi.

Biroq O‘zbekistonda bozor asta-sekin o‘zgarib bormoqda.

“Bugungi kunda mehmonxonalar mablag‘ni darhol olishni istaydi. Bozorda payme va boshqa bir zumda mablag‘ni hisobga o‘tkazadigan xizmatlar mavjud ekan, to‘lovni bir sutka kutish jiddiy cheklovga aylanadi. Shu bois hozir biz yangi biznes modeli ustida ishlayapmiz”, — deydi Temurbek.

Eng daromadli biznes deyarli tasodifan paydo bo‘lgan

Avvalgi loyihaning rivojlanishiga qaramay, asosiy daromad manbai butunlay boshqa biznesga aylandi.

2023-yil yozida Temurbek Polshaga qilgan safari davomida Yevropadagi ish beruvchilar O‘zbekistondan xodim topish uchun haq to‘lashga tayyor ekani haqida eshitdi.

“Biz Krakovdagi issiqxonalardan biri bilan 50 nafar xodimni ishga jalb qilish bo‘yicha shartnoma tuzdik, reklama kampaniyasini yo‘lga qo‘ydik, arizalarni yig‘dik va oradan bir necha oy o‘tib, nomzodlar ishlash uchun Polshaga jo‘nab ketishdi. Ish beruvchi bizga har bir nomzod uchun haq to‘ladi”, — deya eslaydi u.

Bugungi kunda kompaniya 30 dan ortiq mamlakatdagi ish beruvchilar bilan hamkorlik qiladi. Tadbirkorning aytishicha, ushbu loyiha oyiga o‘rtacha 60–70 mln so‘m sof foyda keltiradi.

Ayni shu biznes hozir uning boshqa barcha loyihalarini rivojlantirishni moliyalashtirmoqda.

Mehmonxonalar biznesi — uzoq muddatli investitsiya

Yana bir yo‘nalish — mehmonxonalarni boshqarish biznesi bo‘lib, u xorijiy investorlar bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan.

Bugungi kunda kompaniya 50 dan ortiq mehmonxonani, jumladan O‘zbekistondagi 13 ta mehmonxonani boshqaradi. Tarmoq esa mintaqaning bir nechta mamlakatlarida faoliyat yuritmoqda. Temurbek biznesning 19% ulushiga ega, operatsion boshqaruv bilan esa hamkor jamoa shug‘ullanadi.

“Men uchun bu, avvalo, investitsion loyiha. Biznesni rivojlantirishda ishtirok etaman, biroq kundalik operatsion faoliyat bilan shug‘ullanmayman”, — deydi tadbirkor.

Yangi loyiha — TBC Biznes ko‘magida yaratilgan ta’lim platformasi

Hozir Temurbek asosiy e’tiborini turli mamlakatlardan jalb etilgan o‘qituvchilar va til sohiblari ishtirokidagi xorijiy tillar, psixologiya hamda biznes yo‘nalishidagi kurslarni birlashtiradigan Tony’s Way ta’lim platformasini ishga tushirishga qaratgan.

Loyihani ishlab chiqish jarayonini tezlashtirish uchun tadbirkor bu safar TBC Bankning kichik va o‘rta biznes uchun mo‘ljallangan to‘liq raqamli xizmati — TBC Biznes orqali moliyalashtirishdan foydalandi.

Temurbekning ta’kidlashicha, kreditni rasmiylashtirishning to‘liq onlayn jarayoni unga ish jarayonidan chalg‘imaslik imkonini bergan asosiy omillardan biri bo‘lgan.

Nima uchun tadbirkor ofisdan voz kechgan

To‘rtta biznes va qariyb 50 nafar xodimdan iborat jamoaga ega bo‘lishiga qaramay, tadbirkorning o‘z ofisi yo‘q.

Har bir loyiha uchun alohida telefon raqamidan foydalaniladi, muloqotlarning aksariyati onlayn tarzda olib boriladi, jamoa esa murakkab dasturlar o‘rniga sodda va qulay raqamli vositalardan foydalanadi.

“Menga doimiy nazorat kerak emas. Jarayonlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, biznes rahbarning har kuni bevosita ishtirokisiz ham samarali ishlaydi”, — deydi Temurbek.

U bank xizmatlarida ham xuddi shunday yondashuvni qadrlaydi.

“Avvallari banklardan birida to‘lovlarni tasdiqlash uchun jismoniy USB-kalitdan foydalanish kerak edi. Agar men chet elda bo‘lsam, buxgalter mening ishtirokimsiz to‘lovni amalga oshira olmasdi. TBC Biznesda esa barcha jarayonlar mobil ilova orqali bajariladi: hisobvaraq ochish, to‘lovlarni boshqarish va operatsiyalarni telefon orqali tasdiqlash mumkin. Bir vaqtning o‘zida bir nechta kompaniyani rivojlantirib, tez-tez safarda bo‘lganingizda, bu nafaqat vaqtni tejaydi, balki biznes faoliyatini uzluksiz davom ettirish imkonini ham beradi”.

Tadbirkorning aytishicha, moliyaviy masalalarni to‘liq onlayn boshqarish imkoniyati bugungi kunda TBC Biznesdan nafaqat yangi loyihalarni moliyalashtirish, balki kompaniyalarining kundalik faoliyatini boshqarishda ham foydalanishining asosiy sabablaridan biridir.

Kelgusi rejalar

Hozirda to‘rtta faol biznesi bo‘lsa-da, Temurbek buni yakuniy natija deb hisoblamaydi.

Tourist Gift bozorning yangi sharoitlariga mos ravishda qayta ishga tushiriladi, rekruting xizmati esa kengaytiriladi. Kelgusi yilning asosiy loyihasi sifatida esa Tony’s Way ta’lim platformasini rivojlantirish rejalashtirilgan.

“Menga doimo yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish qiziq bo‘lgan. Biror biznes mustaqil ishlay boshlashi bilan men keyingi loyiha haqida o‘ylay boshlayman. Nazarimda, tadbirkorlikning menga eng yoqadigan jihati ham aynan shu”, — deydi u.

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

ANORBANK’ning olti yilligi: e’tibor va qo‘llab-quvvatlashga ayniqsa muhtoj bo‘lganlar bilan birga nishonlangan tug‘ilgan kun
/
ANORBANK’ning olti yilligi: e’tibor va qo‘llab-quvvatlashga ayniqsa muhtoj bo‘lganlar bilan birga nishonlangan tug‘ilgan kun
UZBEKENERGOTAMIR Toshkentda yangi “Iyk ota” podstansiyasini qurib bitkazdi
/
UZBEKENERGOTAMIR Toshkentda yangi “Iyk ota” podstansiyasini qurib bitkazdi
Octobank xalqaro hisob-kitoblar uchun valyutalar turini 16 taga yetkazdi —Meksika pesosidan tortib Polsha zlotisigacha
/
Octobank xalqaro hisob-kitoblar uchun valyutalar turini 16 taga yetkazdi —Meksika pesosidan tortib Polsha zlotisigacha