O‘zbekistonda Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan dam olish kunlari belgilandi

Ayrim xodimlar to‘rt kun ketma-ket dam oladi

O‘zbekistonda Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan dam olish kunlari belgilandi

O‘zbekistonda Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan dam olish kunlari tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 20-mart — Ramazon hayiti munosabati bilan, 21-mart esa Navro‘z bayrami munosabati bilan barcha uchun dam olish kuni deb e’lon qilingan.

22-mart (yakshanba) odatdagi dam olish kuni hisoblanadi.

Shu bilan birga, 23-mart (dushanba) besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. Bu bayram kunlaridan biri dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani sababli keyingi ish kuniga ko‘chirilgan.

Olti kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun esa 23-mart ish kuni bo‘lib qoladi.

Shunday qilib, besh kunlik ish haftasida ishlovchilar 20–23-mart kunlari ketma-ket to‘rt kun dam olishadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Jizzaxda 9,8 tonna oltinni noqonuniy qazib olgan fuqaro qamaldi
/
Jizzaxda 9,8 tonna oltinni noqonuniy qazib olgan fuqaro qamaldi
O‘zbekistonda fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish xususiy agentliklarga topshiriladi
/
O‘zbekistonda fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish xususiy agentliklarga topshiriladi
Auksionlarda eng qimmat mobil raqam 317,2 mln so‘mga sotilgan
/
Auksionlarda eng qimmat mobil raqam 317,2 mln so‘mga sotilgan