O‘zbekistonda dala hovlilarni ijaraga berish jarayoni Soliq mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi

Shuningdek, kelgusi yil 1-iyuldan Milliy turizm yagona platformasi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi

O‘zbekistonda dala hovlilarni ijaraga berish jarayoni Soliq mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-iyuldan aholi tomonidan dala hovlilarini ijaraga berish Soliq mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi. Bu prezidentning 20-noyabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan. Hujjatda turizm sohasini raqamlashtirish bo‘yicha 2026-yil 1-iyuldan boshlab amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilandi.

Qayd etilishicha, aholi tomonidan dala hovlilarini ijaraga berish Soliq mobil ilovasi orqali “men bilan birga” shaklida bir nafar shaxs nomiga birga dam oluvchilar sonini ko‘rsatgan holda soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, 2026-yil 1-iyuldan boshlab milliy turizm yagona platformasi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi. U orqali:

  • xorijiy turistlarning roziligi asosida Davlat chegarasini kesib o‘tishda yig‘iladigan ma’lumotlarni integratsiya qilgan holda turistik elektron SIM-karta bilan ulash va vaqtincha bo‘lish joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish proaktiv shaklda amalga oshiriladi;
  • mulkchilik shaklidan qat’i nazar transportning barcha turlari integratsiya qilingan holda sayohat yo‘nalishini tuzish, eng maqbul yo‘nalish va transport turini tanlash, chiptalarni onlayn band qilish va sotib olish imkoniyati yaratiladi;
  • chipta xo‘jaligi joriy qilingan barcha turizm obyektlari, shu jumladan, muzeylar, madaniy meros obyektlari, madaniyat, ko‘ngilochar va dam olish obyektlariga biletlarni onlayn sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lgan yagona chipta tizimi joriy qilinadi;
  • ekskursiyalar o‘tkazish uchun interaktiv xaritalar, planshetlar, audioyordamchi, videoyordamchi hamda onlayn translyatsiyalar vositasida turistik obyektlar haqida axborot berish imkonini beruvchi raqamli gid tizimi ishga tushiriladi;
  • joylashtirish vositalari tomonidan xorijiy va mahalliy turistlardan undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘im billing tizimi orqali avtomatik tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jamg‘armaga o‘tkaziladi.

Shuningdek, 2026-yil yakuniga qadar milliy turizm yagona platformasi doirasida “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksi bilan integratsiya qilgan holda respublika hududlariga turistlar oqimlari (toifalarga qarab) va ularning xohishlarini tahlil qilish, personallashtirilgan marshrutlar va takliflarni yaratish, shuningdek, narx shakllanishi va resurslar taqsimlanishi kabi imkoniyatlarni nazarda tutuvchi sun’iy intellekt va katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish tizimi joriy etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi