DABA ikkita mehmonxona sotuvi muddatini qayta uzaytirdi

Majburiyatga ega bo‘lgan takliflar (BO) 2025-yil 20-fevralgacha qabul qilinadi

DABA ikkita mehmonxona sotuvi muddatini qayta uzaytirdi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Xiva Plaza”, “Xiva Lokomotiv” MCHJlarning 100% ulushlariga ochiq savdo jarayonlari muddatini qayta uzaytirdi

Agentlikning o‘tgan yil dekabr oyidagi ma’lumotiga ko‘ra, “Xiva Plaza” bo‘yicha 2 ta va “Xiva Lokomotiv” bo‘yicha 4 ta investor tomonidan sotib olish uchun qiziqish bildirilgan

Ammo bugun, 13-yanvarda e’lon qilingan ma’lumotda barcha talabgorlarga Aktivlarni sotib olish bo‘yicha Majburiyatga ega bo‘lgan takliflarni (BO) qabul qilish muddatini 2025-yil 20-fevral kuni soat 23:59ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum bo‘ldi. 

Shu bilan birga, Konsultant tomonidan raqobat muhitini taʼminlash maqsadida savdo jarayonlariga yanada koʻproq salohiyatli investorlarni jalb qilish ishlari parallel ravishda amalga oshiriladi va Aktivlarni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Expression of Interest) boʻyicha arizalarni qabul qilish davom ettiriladi.

Aktivni xususiylashtirish jarayonining Majburiyatga ega bo‘lgan takliflarni (BO) qabul qilish bosqichi to‘g’risidagi avvalgi chop etilgan eʼlonning qolgan barcha bandlari o‘zgarishsiz qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 5-noyabrda “Xiva Plaza”, “Xiva Lokomotiv” MChJlarning ustav kapitalidagi 100% ulushlariga ochiq savdo jarayonlari 29-noyabrga qadar uzaytirilgan edi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi transport loyihalarisiz Markaziy Osiyo savdo hajmlarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlay olmaydi — Jasurbek Choriyev
/
Yangi transport loyihalarisiz Markaziy Osiyo savdo hajmlarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlay olmaydi — Jasurbek Choriyev
Fransiyaga qisqa muddatli viza olish tartibi o‘zgaradi
/
Fransiyaga qisqa muddatli viza olish tartibi o‘zgaradi
O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanishi mumkin
/
O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanishi mumkin