Britaniyaning “Cross Works” kompaniyasi Toshkentda ofis ochishni rejalashtirmoqda

Yangi Toshkent bosh rejasini ishlab chiqqan kompaniya Markaziy Osiyo va MDH uchun mintaqaviy vakolatxona ochadi

Britaniyaning “Cross Works” kompaniyasi Toshkentda ofis ochishni rejalashtirmoqda

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov London shahrida joylashgan yetakchi arxitektura kompaniyasi — Cross Works asoschisi va boshqaruvchi direktori Xakan Akcha bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Muloqot chog‘ida Xakan Akcha O‘zbekiston hukumati, xususan, “Yangi Toshkent qurilishi direksiyasi” bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlikni yuqori baholab, kompaniya mamlakatdagi bunyodkorlik loyihalarida faol ishtirok etayotganini ta’kidladi.

Britaniya tomoni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma va shaharsozlik loyihalarida, jumladan, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirdi.

Shuningdek, Xakan Akcha kompaniya faoliyatini kengaytirish doirasida mahalliy arxitektor va muhandislar uchun malaka oshirish hamda tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yishga tayyorligini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida Toshkent shahrida Cross Worksning Markaziy Osiyo va MDH davlatlari uchun mintaqaviy vakolatxonasini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Vakolatxona kompaniya faoliyatini muvofiqlashtirish va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, Cross Works — Londonda joylashgan xalqaro dizayn kompaniyasi bo‘lib, shahar va hududiy rejalashtirish, arxitektura dizayni, raqamli kartografiya hamda yirik infratuzilma loyihalari bo‘yicha innovatsion yechimlar ishlab chiqishga ixtisoslashgan. Kompaniya Yangi Toshkent bosh rejasini ishlab chiqqan. Londondan tashqari uning Ar-Riyod shahrida ham ofisi mavjud.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

MobiUz 2025-yilda 173,6 mlrd so‘m qiymatidagi sof daromadga ega bo‘ldi
/
MobiUz 2025-yilda 173,6 mlrd so‘m qiymatidagi sof daromadga ega bo‘ldi
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
/
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi