“UzAuto Motors” “Chevrolet Cobalt Midnight” mashinalariga qayta shartnoma ochilishini e’lon qildi

Arizalar 16-yanvardan boshlab qabul qilinadi

“UzAuto Motors” “Chevrolet Cobalt Midnight” mashinalariga qayta shartnoma ochilishini e’lon qildi

“UzAuto Motors” 16-yanvar soat 10:00 dan boshlab “Chevrolet Cobalt Midnight” avtomobillari xaridi uchun avvalgi kontraktatsiyada tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lovi belgilangan muddatlarda amalga oshirilmagani sababli qayta kontraktatsiya boshlanishini e’lon qildi.

“Chevrolet Cobalt Midnight” sotib olish bo‘yicha shartnomalar faqat savdo.uzavtosanoat.uz veb-sayti orqali onlayn tarzda tuzilishi mumkin. Telegram bot va “UzAvtosavdo” ilovasi faqat navbatni kuzatish va avtomobillar mavjudligi haqida ma’lumot olish uchun ishlatiladi.

Shuningdek, avtomobillarni sotib olish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi kerak.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sog‘liqni saqlash vazirligi dori vositalariga elektron retseptlarni joriy etish tartibini tushuntirdi
/
Sog‘liqni saqlash vazirligi dori vositalariga elektron retseptlarni joriy etish tartibini tushuntirdi
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun subsidiyalar monitoringi tartibi tasdiqlandi
/
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun subsidiyalar monitoringi tartibi tasdiqlandi
Hududiy master rejalar: ilg‘or xorijiy tajriba O‘zbekistonda joriy etilmoqda
/
Hududiy master rejalar: ilg‘or xorijiy tajriba O‘zbekistonda joriy etilmoqda