“Citibank” O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochdi

Markaziy banki avvalroq uning sho’ba korxonasi — “Citibank AS” vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazgan edi

“Citibank” O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochdi

“Citibank” Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochdi, bu haqda moliyaviy tashkilot vakili Grant Karson LinkedIn’dagi sahifasida xabar berdi.

Bu yangi bosqich mijozlarimiz va hamkorlarimizga yanada yaqin bo‘lishimizga, ularga global imkoniyatlardan foydalanish va doimiy o‘zgarib turuvchi bozor sharoitida yo‘nalish topishda yordam berishimizga imkon beradi, — deb qayd etdi u.

Karson qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bankning respublikadagi faoliyatini kengaytirish imkonini bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Markaziy banki “Citibank” sho’ba korxonasi sifatida Turkiyada ro‘yxatdan o‘tgan “Citibank AS” vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazgan edi. Vakolatxona mamlakat moliya bozorini o‘rganish, davlat organlari va moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish bilan shug‘ullanadi. Uning rahbari etib Abbos Jo‘raboyev tayinlangan. Litsenziya uch yil muddatga — 2028-yil 9-iyulgacha berilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi