Xitoyning China Eastern aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Parvozlar haftasiga 3 marta amalga oshiriladi

Xitoyning China Eastern aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Xitoyning China Eastern Airlines aviakompaniyasi ilk bor O‘zbekistonga kirib keldi, deb xabar berdi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Aviakompaniya Sian — Toshkent — Sian yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi. 16-iyul soat 14:50 da birinchi reys Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

Mazkur yo‘nalishda haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari Airbus A320 samolyotlarida parvozlar amalga oshiriladi. Sayohat vaqti taxminan 4,5 soatni tashkil qiladi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yo‘lovchi tashish bo‘yicha haftasiga 46 ta muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda. Joriy yil avgust oyi oxirigacha yana 11 ta reys qo‘shilishi, yil yakuniga qadar haftalik aviaqatnovlar soni 60 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

China Eastern 1988-yilda tashkil etilgan, bosh qarorgohi Shanxayda joylashgan Xitoyning eng yirik aviakompaniyalaridan biri hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi