O‘zbekistonda Chevrolet Suburban yo‘ltanlamasi sotila boshlandi

Avtomobil mahalliy bozorga yetti o‘rindiqli modifikatsiyada taqdim etildi

O‘zbekistonda Chevrolet Suburban yo‘ltanlamasi sotila boshlandi

O‘zbekistonda Amerikaning Chevrolet Suburban yo‘ltanlamasi High Country komplektatsiyasida rasmiy sotuvga chiqarildi. Bu haqda UzAuto Motors matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya bozorga 6,2 litr hajmli, 420 ot kuchiga ega atmosfera V8 benzin dvigateli bilan jihozlangan modelni olib chiqdi. Avtomobil 10 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi, to‘liq uzatma tizimi hamda moslashuvchan pnevmatik osma bilan ta’minlangan.

Model elektron haydovchi yordamchilari bilan ham jihozlangan. Ular qatoriga kurs barqarorligini saqlash tizimi, avtomatik favqulodda tormozlash, harakat yo‘lagida ushlab turish, ko‘r nuqtalarni nazorat qilish hamda piyodalarni aniqlash funksiyalari kiradi.

Avtomobilning uzunligi 5 748 mm, kengligi 2 058 mm, balandligi 1 934 mm, g‘ildirak bazasi esa 3 407 mmni tashkil etadi.

Salon yetti o‘rindiqqa mo‘ljallangan bo‘lib, uchinchi qator o‘rindiqlar ham mavjud. Old panelda 11 dyuymli raqamli asboblar paneli, proyeksion displey va 17,7 dyuymli multimedia ekrani o‘rnatilgan.

Modelning tavsiya etilgan chakana narxi 1 mlrd 485 mln so‘m etib belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Surxondaryoda Xitoy kompaniyalariga $10 mlrdlik 95 ta loyiha taqdim etildi
/
Surxondaryoda Xitoy kompaniyalariga $10 mlrdlik 95 ta loyiha taqdim etildi
Toshkent hokimi: “Birorta ham bozor yopilmaydi”
/
Toshkent hokimi: “Birorta ham bozor yopilmaydi”
Toshkent iqtisodiyoti 2030-yilgacha $60,4 mlrdga yetkaziladi
/
Toshkent iqtisodiyoti 2030-yilgacha $60,4 mlrdga yetkaziladi