Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun onlayn kontraktatsiya 3-noyabrdan boshlanadi

“UzAuto Motors” yuqori talabni inobatga olib, kontraktatsiyani faqat onlayn shaklda o‘tkazishni ma'lum qildi

Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun onlayn kontraktatsiya 3-noyabrdan boshlanadi

“UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati 2025-yil 3-noyabrdan Chevrolet Cobalt avtomobillarining yangi versiyalari sotuvi boshlanishini ma’lum qiladi. Yangi modeldagi avtomobillar hozirda dilerlik markazlariga yetkazib berilgan bo‘lib, xaridorlar ularni ko‘rish va xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish imkoniyatiga ega.

Chevrolet Cobalt avtomobillariga bo‘lgan yuqori talab va mijozlardan kelib tushayotgan ko‘plab so‘rovlarni inobatga olgan holda, ortiqcha ajiotajning oldini olish maqsadida, avtomobillarga kontraktatsiya jarayoni to‘liq onlayn tarzda uzavtosavdo.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Onlayn shartnoma tuzish jarayonida Chevrolet Cobalt avtomobillarining barcha komplektatsiyalari, shu jumladan ikkita yangi komplektatsiya ham mavjud bo‘ladi.

Mazkur kunda barcha Chevrolet dilerlik markazlari yopiladi va “UzAuto Motors” savdo tizimidan uziladi.

Onlayn platforma orqali tuzilgan har bir shartnoma maxsus QR-kod bilan tasdiqlanadi. Ushbu QR-kod shartnomaning haqiqiyligini ko‘rsatadi. QR-kodsiz tuzilgan shartnomalarga “UzAuto Motors” AJ yoki Chevrolet rasmiy dilerlari aloqador emas.

Shu sababli, xaridorlardan shartnoma tuzish jarayonida QR-kod mavjudligini tekshirish so‘raladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bitcoin va Ethereum’ga institutsional qiziqish ortmoqda
/
Bitcoin va Ethereum’ga institutsional qiziqish ortmoqda
1-sentabr O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
/
1-sentabr O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
Markaziy bank: O‘zbekiston kapital harakatini liberallashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqdi
/
Markaziy bank: O‘zbekiston kapital harakatini liberallashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqdi