O‘zbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni 16 mingdan oshdi

Mamlakatga investitsiya kiritishda Xitoy yetakchilik qilmoqda

O‘zbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni 16 mingdan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning 1-iyun holatiga 16 ming 405 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ularning 4 ming 087 tasi qo‘shma va 12 ming 318 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 14,3% ga oshgan.

Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar davlatlar kesimida quyidagicha:

  • Xitoy – 4 ming 068 ta;
  • Rossiya – 3 ming 086 ta;
  • Turkiya – 1 ming 997 ta;
  • Qozog‘iston – 1 ming 136 ta;
  • Afg‘oniston – 682 ta;
  • Janubiy Koreya – 674 ta;
  • BAA – 368 ta;
  • Hindiston – 326 ta;
  • AQSH – 320 ta.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi