O‘zbekiston va Qozog’iston chegarasida quriladigan sanoat kooperatsiyasi markazi loyihasi ma’qullandi

Bu yuk tashishni tezlashtirib, logistika xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi 

O‘zbekiston va Qozog’iston chegarasida quriladigan sanoat kooperatsiyasi markazi loyihasi ma’qullandi

Qozog’iston Parlamenti Majlisi deputatlari “Qozog’iston Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida “Markaziy Osiyo” sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazi faoliyatini tartibga solish to‘g’risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda “Kazinform” xalqaro axborot agentligi ma’lum qilmoqda

Markaz “Atameken” (Qozog’iston) va “Guliston” (O’zbekiston) nazorat-o‘tkazish punktlari yaqinida joylashgan bo‘lib, ishlab chiqarish maydonlari, omborlar, shuningdek, transport infratuzilmasini o‘z ichiga oladi. 

Bu yuk tashishni tezlashtirib, logistika xarajatlarini kamaytiradi. Shu bilan birgalikda iste’molchilar uchun mahsulotning yakuniy tannarxini pasayadi. Loyiha “Shimol-Janub” yo‘lagi doirasida ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantiradi.

Obyektning umumiy maydoni 100 gektarni tashkil etadi, shundan 50 gektar Qozog’iston, 50 gektar O’zbekiston hududiga to‘g’ri keladi. Muayyan hududga mintaqaviy sanoat zonasi maqomi beriladi.

“Kazinform” XAA manbasida ta’kidlanishicha, markaz infratuzilmasi byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan barpo etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank aholidan eng ko‘p shikoyat tushgan banklar reytingini e’lon qildi
/
Markaziy bank aholidan eng ko‘p shikoyat tushgan banklar reytingini e’lon qildi
Nizomiy universitetining Chilonzordagi asosiy kampusi 886,6 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi
/
Nizomiy universitetining Chilonzordagi asosiy kampusi 886,6 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi
Eski avtomobilini utilizatsiyaga topshirmaganlar har yili BHMning 30 baravari miqdorida to‘lov qiladi
/
Eski avtomobilini utilizatsiyaga topshirmaganlar har yili BHMning 30 baravari miqdorida to‘lov qiladi