Changan UNI-E O‘zbekistonda: kengaytirilgan yo‘l bosish zaxira masofasi, texnologiyalar va qulaylik

2026-yil 26-iyun kuni O‘zbekistonda yangi Changan UNI-E’ning rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi va shu bilan birga model sotuvi boshlanishi e’lon qilindi

Changan UNI-E O‘zbekistonda: kengaytirilgan yo‘l bosish zaxira masofasi, texnologiyalar va qulaylik

Bir necha yil oldin elektromobil yangi texnologiyalar ishqibozlari uchun transport vositasi sifatida qabul qilingan edi. Bugun vaziyat o‘zgardi. Xaridorlar nafaqat ekologik toza avtomobil, balki keng salon, zamonaviy jihozlar, yuqori darajadagi xavfsizlik va yaxshi darajadagi yo‘l bosish zaxira masofasiga ega bo‘lishni xohlashadi. Yangi Changan UNI-E aynan shunday bo‘lib chiqdi.

2026-yil 26-iyun kuni O‘zbekistonda yangi Changan UNI-E’ning rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi va shu bilan birga model sotuvi boshlanishi e’lon qilindi. Yangi elektr krossover brendning eng texnologik yangiliklaridan biriga aylanib, katta yo‘l bosish zaxira masofasi, zamonaviy raqamli servislar va kundalik safarlar uchun yuqori darajadagi qulaylikni o‘zida mujassam etgan.

Bir zumda seziladigan kenglik

E’tiborni tortadigan birinchi jihat – avtomobilning o‘lchamlari. Uzunligi 4435 mm, kengligi 1855 mm va balandligi 1600 mm bo‘lgan Changan UNI-E salobatli va ishonchli tarzda ko‘rinadi.

Biroq, asosiy ustunlik g‘ildirak bazasida yashiringan. Uning uzunligi 2735 mm bo‘lib, yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha joy yaratadi. Natijada salon nafaqat haydovchi va oldingi yo‘lovchiga, balki ikkinchi qatorda o‘tirganlar uchun ham qulay bo‘ladi.

Orqa divanning sozlanadigan bel suyanchig‘i, ikkinchi qator uchun ventilyatsiya deflektorlari va interyerni yorug‘lik bilan to‘ldiradigan panoramali oynali tom qismi qo‘shimcha qulaylik yaratadi.

Bitta quvvatlanishda 500 kilometrdan ortiq

Ko‘pchilik uchun aynan yo‘l bosish zaxira masofasi elektromobil tanlashning asosiy mezoni bo‘lib qolmoqda. Bu masalada UNI-E bo‘yicha yaxshi dalillar mavjud.

Avtomobil 163 ot kuchiga ega elektr dvigatel va 51,9 kVt/soat quvvatga ega batareya bilan jihozlangan.

Bunday ko‘rsatkich avtomobildan nafaqat shaharda, balki hududlararo safarlarda ham ishonch bilan foydalanish imkonini beradi. Shu bilan birga, tezkor quvvatlash atigi 15 daqiqada batareya quvvatini 80% gacha to‘ldiradi, bu ayniqsa uzoq sayohatlarda qulay.

Quvvati 3,3 kVt bo‘lgan V2L (Vehicle-to-Load) funksiyasini alohida e’tirof etish lozim. U noutbukdan tortib sayyohlik uskunalarigacha bo‘lgan tashqi elektr jihozlarini ulash uchun avtomobil energiyasidan foydalanish imkonini beradi.

Zamonaviy ko‘rinishga ega interyer

UNI-E saloni zamonaviy minimalistik uslubda yaratilgan. Bu yerda tugmalar ortiqcha to‘ldirilmagan, ammo katta ekranlar va puxta o‘ylangan ergonomika mavjud.

Haydovchi old tomonida 10,2 dyuymli raqamli qurilmalar paneli joylashgan bo‘lib, asosiy funksiyalarni boshqarish 14,6 dyuymli multimedia ekrani orqali amalga oshiriladi.

Atmosferali yoritgich kechki vaqtda qulay muhit yaratishga yordam beradi, o‘rindiqlar va rul chambaragining charm qoplamasi esa yuqori darajadagi jozibadorlik hissini beradi.

Kundalik qulaylik uchun haydovchi old o‘rindig‘ini ventilyatsiyalash va isitish, quvvati 50 Vt dan yuqori bo‘lgan smartfonni simsiz quvvatlash va yukxona eshigining elektr yuritmasi mavjud.

Doimo aloqada

Zamonaviy avtomobil ko‘pdan beri smartfonning davomchisi bo‘lib qolgan va Changan UNI-E ushbu trendga to‘liq mos keladi.

Modelda Apple CarPlay va Android Auto, shu jumladan simsiz ulanish tizimi ishlaydi. Rulga o‘tirsangiz bas – odatiy ilovalar multimedia tizimi ekranida mavjud bo‘ladi.

Shuningdek, avtomobil yo‘l holati haqida dolzarb ma’lumotlarga ega o‘rnatilgan navigatsiya, Wi-Fi moduli, internet-brauzer va ovozli boshqaruv bilan jihozlangan.

Xotirjam boshqaruv uchun elektron yordamchilar

UNI-E’ning asosiy afzalliklaridan biri haydovchiga yordam beruvchi intellektual tizimlarning keng to‘plami hisoblanadi.

Avtomobilda quyidagilar mavjud:

  • adaptiv kruiz nazorati;
  • harakatlanish yo‘l tasmasida ushlab turish tizimi;
  • avtomobilning yo‘l tasmasi markazidagi holatini nazorat qilish;
  • ko‘rinmas hududlarni monitoring qilish;
  • avtomat tarzda favqulodda tormozlash;
  • ehtimoliy to‘qnashuv haqida ogohlantirish;
  • orqa tomonga harakatlanishda ko‘ndalang harakatni nazorat qilish;
  • yaqin va uzoqni yorituvchi chiroqni avtomat tarzda o‘zgartirish.

Ushbu ro‘yxatni 540° doira bo‘ylab ko‘rish tizimi to‘ldirib, hatto cheklangan makonda ham ishonchli manyovr qilishga yordam beradi.

Murosasiz darajadagi xavfsizlik

Xavfsizlik zamonaviy avtomobilning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

UNI-E old va yon xavfsizlik yostiqchalari, butun salon bo‘ylab xavfsizlik pardalari, barqarorlashtirish tizimi, ABS, shinalar bosimini nazorat qilish va elektron yordamchilar majmuasi bilan jihozlangan.

Hodisalarni yozib oluvchi qo‘riqlash rejimi qo‘shimcha himoyani ta’minlaydi, o‘rnatilgan videoregistrator esa yo‘lda sodir bo‘layotgan voqealarni qayd etishga yordam beradi.

UNI-E modeli Changan rasmiy dilerlik markazlarida ikki xil komplektatsiyada mavjud:

  • COMFORT (405 km) – 257 900 000 so‘m.
  • TECH (506 km) – 284 900 000 so‘m.

Avtomobilga 5 yil yoki 150 000 km yo‘l masofasi, batareyaga esa 8 yil yoki 160 000 km yo‘l masofasiga kafolat beriladi.

Kundalik foydalanish uchun elektromobil

Changan UNI-E zamonaviy elektromobillar qanchalik ilgarilab ketganini namoyon etadi. U keng salon, 506 kilometrgacha yo‘l bosish zaxira masofasi, tezkor quvvatlash tizimi, raqamli servislarning keng to‘plami va xavfsizlik tizimlari majmuasini taklif etadi.

Bu avtomobil shunchaki elektr kuch qurilmasi emas, balki shahar oqimida ham, uzoq safarlarda ham o‘zini birdek ishonchli his qila oladigan to‘liq zamonaviy krossoverga ega bo‘lishni xohlovchilar uchun mo‘ljallangan.

Veb-sayt: changan.uz

Instagram: changanofficial.uz

Telefon: +998 71 208 88 55

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ozon O’zbekiston va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi
/
Ozon O’zbekiston va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Škoda Transportation 10 ta elektropoyezd yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi
/
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Škoda Transportation 10 ta elektropoyezd yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi
2026-yilda kichik biznesni qanday rivojlantirish mumkin: TBC Suhbat: Biznes’dan beshta amaliy xulosa
/
2026-yilda kichik biznesni qanday rivojlantirish mumkin: TBC Suhbat: Biznes’dan beshta amaliy xulosa