Centrum Air yo‘lovchilari endi aviachiptalarni Apple Pay va Google Pay orqali to‘lashlari mumkin

Onlayn to‘lov texnologiyasi Octobank internet-ekvayringi asosida ishlaydi

Centrum Air yo‘lovchilari endi aviachiptalarni Apple Pay va Google Pay orqali to‘lashlari mumkin

Chipta sotib olayotganda yo‘lovchilar endi Centrum Air saytida Apple Pay yoki Google Pay vositalasini tanlashlari va bank kartasi ma’lumotlarini kiritmasdan smartfonda to‘lovni tasdiqlashlari mumkin.

Onlayn to‘lov imkoniyati Octobank bilan hamkorlikda bankning internet-ekvayring bazasida amalga oshirildi.
To‘lovni amalga oshirishda tokenlashtirilgan ma’lumotlardan foydalaniladi – kartaning haqiqiy rekvizitlari savdo shoxobchasiga uzatilmaydi.

Bugungi kunda to‘lov tezligi mijoz tajribasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi: foydalanuvchidan qanchalik kam harakat talab etilsa, tanlovdan xaridgacha bo‘lgan yo‘l shunchalik osonlashadi. Texnologik hamkor sifatida bizning vazifamiz — biznesga bunday to‘lov tajribasini bevosita onlayn xaridga kiritish imkoniyatini berish hisoblanadi. Aviatsiya sohasidagi hamkorlarimiz uchun bu ayniqsa muhim: yo‘lovchiga parvozni tanlashdan to‘lovgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tish qanchalik oson bo‘lsa, umuman aviakompaniya bilan o‘zaro aloqa shunchalik qulay bo‘ladi, — deydi Octobank transchegaraviy pul o‘tkazmalari va elektron tijorat bo‘yicha boshqaruvchi direktori Vladimir Vasilev.

Centrum Air yo‘lovchilarning zamonaviy raqamli to‘lov usullariga qiziqishini qayd etmoqda.

Octobank bilan hamkorlikda Apple Pay va Google Pay orqali to‘lovlarni yo‘lga qo‘yish yo‘lovchilarimiz uchun aviachiptalarni xarid qilish jarayonini yanada osonlashtirish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, kundalik hayotda raqamli to‘lov usullaridan foydalanishga odatlangan mijozlar uchun muhimdir. Biz Octobank jamoasiga yechimni texnologik jihatdan amalga oshirganligi va samarali hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz, — deb ta’kidladi aviakompaniya matbuot xizmati.

Apple Pay va Google Pay ulanishi onlayn to‘lovlarni qabul qiluvchi kompaniyalar uchun Octobank internet-ekvayringining imkoniyatlarini kengaytiradi.

Ilovani yuklab olish

Manzil: Фуркат kochasi, 2А

Telefon: +998 (71) 202-33-33

Sayt: octobank.uz

Facebook: Octobank_AJ

Instagram: @octobank.uz

Telegram: Octobank_AJ

YouTube: @octobank

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi
/
Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi
Xatolarning bahosi: Samarqandlik tadbirkor ilk biznesidagi muvaffaqiyatsizligi va ofissiz faoliyat yuritayotgan to‘rtta kompaniya haqida
/
Xatolarning bahosi: Samarqandlik tadbirkor ilk biznesidagi muvaffaqiyatsizligi va ofissiz faoliyat yuritayotgan to‘rtta kompaniya haqida
ANORBANK’ning olti yilligi: e’tibor va qo‘llab-quvvatlashga ayniqsa muhtoj bo‘lganlar bilan birga nishonlangan tug‘ilgan kun
/
ANORBANK’ning olti yilligi: e’tibor va qo‘llab-quvvatlashga ayniqsa muhtoj bo‘lganlar bilan birga nishonlangan tug‘ilgan kun