Yil boshidan hududlarda budjetga tushum 26% ga o‘sgan

Biroq Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazmda tushum o‘rtacha ko‘rsatkichga chiqmagan. Prezident soliq undirishning yangi mexanizmini ishlab chiqishni topshirdi

Yil boshidan hududlarda budjetga tushum 26% ga o‘sgan

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlangani haqida xabar berilgandi.

Unda yil boshidan hududlarda budjetga tushum 26% ga o‘sgani qayd etildi. Lekin Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazmda o‘sish mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichga ham chiqmagan.

Yer, mol-mulk va suv soliqlari mahalliy budjetda qoldirilayotganiga qaramay, faqat shu soliqlarni uyma-uy yurib undirishga soliqchilarning 70−80% vaqti sarflanmoqda.

Bu 1 so‘m soliq yig‘ish uchun 2 so‘m resurs sarflash bilan barobar emasmi? — dedi prezident.

Soliq qo‘mitasi rahbariyati, viloyat, tuman soliq rahbarlari televideniye, gazeta, ijtimoiy tarmoqlarda chiqib, soliq to‘lash majburiyat emas, konstitutsiyaviy burch ekanini tushuntirsa, soliqlarni odamlarni o‘zi to‘lashi ta’kidlandi.

Agar mahalladagi soliqchi bunga ketgan vaqtini soliq bazasini kengaytirishga sarflasa, tushum karra-karra oshishi qayd etildi.

Prezident mutasaddilarga mahallada yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmini ishlab chiqishni topshirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi