Prezident Marg‘ilondagi 1,7 trln soʻmlik “Burhonuddin Marg‘inoniy” sayyohlik majmuasini borib ko‘rdi

35 gektar maydonni egallagan yangi obyekt yiliga 250 ming nafargacha xorijiy mehmonlarni qabul qilishi mumkin

Prezident Marg‘ilondagi 1,7 trln soʻmlik “Burhonuddin Marg‘inoniy” sayyohlik majmuasini borib ko‘rdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida barpo etilayotgan “Burhonuddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy markazi qurilishi bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur loyiha hududning turizm salohiyatini oshirish va xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirishga qaratilgan. Kompleksni qurish to‘g‘risidagi qaror 2025-yil 1-aprelda qabul qilingan bo‘lib, loyiha “shahar ichida shahar” tamoyili asosida amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda hududda mehmonxona, karvonsaroy, hunarmandchilik markazi, milliy bozor hamda savdo obyektlari qurilgan. Shuningdek, bu yerda “O‘tkan kunlar” asari asosida “Otabek va Kumush uyi” muzeyi, maqom teatri, kutubxona va ijodkorlar xiyoboni tashkil etilgan.

Qiymati 1,7 trln soʻm boʻlgan loyihaning bosh rejasi Turkiyaning “Studio Vertebra” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Qurilish ishlari ikki bosqichda olib borilmoqda. Kelgusida biznes markaz, 1,5 ming o‘rinli masjid, qo‘shimcha mehmonxonalar, 400 ta savdo va servis nuqtalari hamda 300 o‘rinli sharq bozori barpo etilishi rejalashtirilgan.

Prezident tashrif davomida qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi, hunarmandlar faoliyati bilan tanishdi va mahalliy aholi bilan muloqot o‘tkazdi.

Majmua to‘liq ishga tushgach, yiliga 200–250 ming nafar xorijiy sayyohni jalb etishi kutilmoqda. Natijada 2 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi, byudjetga 52 mlrd so‘m tushum ta’minlanadi va xizmatlar eksporti $30 mln ga yetadi.

Mazkur tajriba kelgusida Buxoro, Samarqand, Qo‘qon, Namangan va Toshkentning tarixiy hududlarini rivojlantirishda ham qo‘llanilishi rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi loyihalarga 2 mlrd so‘m ajratiladi
/
O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi loyihalarga 2 mlrd so‘m ajratiladi
Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun 15 kunlik vizasiz rejimni joriy etishi mumkin
/
Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun 15 kunlik vizasiz rejimni joriy etishi mumkin
O‘simlik yog‘larini majburiy markirovkalash 2027-yil 1-iyuldan boshlanadi — Soliq qo‘mitasi
/
O‘simlik yog‘larini majburiy markirovkalash 2027-yil 1-iyuldan boshlanadi — Soliq qo‘mitasi