“Tashkent Invest” Toshkentdagi BRT loyihasi uchun xalqaro muhandis-konsultant tanlovini e’lon qildi

Loyiha Amir Temur, Shahrisabz va Yangi Sergeli ko‘chalarida alohida avtobus yo‘laklari hamda Yunusoboddagi yirik chorrahada tunnel qurilishini nazarda tutadi

“Tashkent Invest” Toshkentdagi BRT loyihasi uchun xalqaro muhandis-konsultant tanlovini e’lon qildi

“Tashkent Invest” kompaniyasi Toshkent shahrida BRT (Bus Rapid Transit) tizimini yaratish loyihasi doirasida xalqaro muhandis-konsultant xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tanlov e’lon qildi.

Loyiha poytaxtdagi uchta asosiy yo‘nalik — Shahrisabz, Amir Temur va Yangi Sergeli ko‘chalarida alohida avtobus yo‘laklarini tashkil etishni nazarda tutadi. Shuningdek, transport yuklamasini kamaytirish maqsadida Amir Temur, Yangishahar va Rixsiliy ko‘chalari kesishmasida — Yunusobod universami yaqinidagi aylanma hududda tunnel qurilishi ham rejalashtirilgan.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan muhandis-konsultant 240 kun davomida loyiha bo‘yicha texnik nazorat, amalga oshirish jarayonini monitoring qilish, shuningdek muvofiqlashtirish va maslahat xizmatlarini taqdim etishi kerak bo‘ladi.

Xizmatlarning birinchi bosqich bo‘yicha boshlang‘ich qiymati QQS bilan birga 6,28 mlrd so‘m etib belgilangan. To‘lovlar har oy teng ulushlarda amalga oshiriladi: mablag‘ning 15% i avans sifatida beriladi, qolgan 85% i esa hisobot davridan keyingi oy yakunigacha to‘lanadi. Dekabr oyiga tegishli to‘lovlar esa shu oyning o‘zida amalga oshiriladi.

Tanlovda mahalliy va xorijiy konsalting kompaniyalari, xalqaro muhandislik-konsalting tashkilotlari hamda xususiy konsultantlar ishtirok etishi mumkin. Zarurat tug‘ilganda konsorsiumlar ham qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilardan ariza bilan birga texnik va moliyaviy takliflarni taqdim etish talab etiladi. Bundan tashqari, ular xizmat qiymatining 1 foizi — 62,85 mln so‘m miqdorida garov yoki bank kafolatini taqdim etishi lozim.

Arizalar 20-maydan 2-iyungacha qabul qilinadi. Tanlov natijalari arizalar qabuli yakunlanganidan keyin 5 ish kuni ichida e’lon qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

TBC Uzbekistan biznes uchun to‘liq raqamli ish haqi loyihasini ishga tushirdi
/
TBC Uzbekistan biznes uchun to‘liq raqamli ish haqi loyihasini ishga tushirdi
O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida Biznes kengashi tashkil etiladi
/
O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida Biznes kengashi tashkil etiladi
1-iyulda mudofaa tizimi xodimlarining ish haqi 20% ga oshiriladi
/
1-iyulda mudofaa tizimi xodimlarining ish haqi 20% ga oshiriladi