British Petroleum Ustyurt platosida neft va gaz qazib olish loyihasida ishtirok etadi

Britaniya korporatsiyasi loyihaning 40% lik ulushini qo‘lga kiritdi, qolgan qismi esa SOCAR va “O‘zbekneftgaz” o‘rtasida teng taqsimlanadi

British Petroleum Ustyurt platosida neft va gaz qazib olish loyihasida ishtirok etadi

Britaniyaning British Petroleum (BP) kompaniyasi O‘zbekistonning shimoli-g‘arbidagi neft-gaz bloklarini o‘zlashtirish loyihasiga rasman qo‘shildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

13-may kuni “O‘zbekiston energetika haftaligi” doirasida soha vazirliklari va xorijiy korporatsiyalar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda energetika vaziri Jurabek Mirzamaxmudov, “O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov, Ozarbayjonning SOCAR davlat kompaniyasi rahbari Ravshan Najaf hamda BP’ning mintaqaviy prezidenti Jovanni Kristofoli ishtirok etdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar mahsulot taqsimoti bo‘yicha yangilangan bitimni tasdiqladi. Hujjat Bayterak, Terenquduq, Birkori, Xaroy, Qoraqalpoq va Qulboy investitsiya uchastkalarida qo‘shma faoliyatni tartibga soladi.

Hamkorlik doirasida ulushlar quyidagicha taqsimlandi: 40% Britaniya investori BP’ga berildi, “O‘zbekneftgaz” va SOCAR esa 30% dan ulush oldi. Mazkur tashabbus hududning energetik salohiyatini o‘zlashtirish va mamlakatning uzoq muddatli ichki ehtiyojlarini qoplashga qaratilgan.

Avvalroq, 2025-yil noyabr oyida O‘zbekiston Britaniya investori bilan uning dastlab SOCAR va “O‘zbekneftgaz” tomonidan boshqarilgan loyihaga qo‘shilishi yuzasidan dastlabki muzokaralarni olib borgan edi. Energetika vazirligi Ustyurt hududida neft qazib olishni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab, 2025-yil oxirigacha 3 ming pogon kilometrdan ortiq hajmda seysmik qidiruv ishlarini boshlashni rejalashtirgandi.

Loyiha uch bosqichda amalga oshiriladi va unga qariyb $2 mlrd investitsiya jalb etilishi ko‘zda tutilgan. Konning prognoz qilingan zaxiralari 100 mln tonna neft va 35 mlrd kub metr tabiiy gazga baholanmoqda. Ustyurt platosida yillik neft qazib olish hajmi 5 mln tonna darajasida bo‘lishi kutilmoqda.

2025-yil sentyabr oyida Shavkat Mirziyoyev Ustyurt platosida 6500 metr chuqurlikda yirik gaz zaxiralari aniqlanganini ma’lum qilgan edi. Bu O‘zbekiston sanoati tarixidagi ilk shunday holat sifatida qayd etilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Oziq-ovqat mahsulotlarini majburiy sertifikatlash bekor qilinadi
/
Oziq-ovqat mahsulotlarini majburiy sertifikatlash bekor qilinadi
UzNIF $600 mlndan ortiq qiymatga ega qimmatli qog‘ozlarining 31% ini sotdi
/
UzNIF $600 mlndan ortiq qiymatga ega qimmatli qog‘ozlarining 31% ini sotdi
O‘zbekistonda yirik investitsiya loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi
/
O‘zbekistonda yirik investitsiya loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi