Markaziy bank ipoteka, avtokredit va mikroqarzlarning o‘rtacha stavkalarini e’lon qildi

21-sentyabr holatiga ko‘ra ipoteka va avtokreditlarning o‘rtacha stavkasi 21% dan, mikroqarzlarda esa 29% dan yuqori bo‘lgan

Markaziy bank ipoteka, avtokredit va mikroqarzlarning o‘rtacha stavkalarini e’lon qildi

O‘zbekistonda kredit mahsulotlari bo‘yicha foiz stavkalari banklar kesimida sezilarli farq qilmoqda. Markaziy bankning 21-sentyabr holatidagi ma’lumotlariga ko‘ra, ipoteka va avtokreditlarning o‘rtacha stavkalari qariyb bir xil bo‘lgan, mikroqarzlarda esa ko‘rsatkich ancha yuqori shakllangan.

Ma’lumotlar so‘nggi 10 ish kuni davomida banklarda amal qilgan foiz stavkalari asosida shakllantirilgan.

Avtokredit: o‘rtacha stavka 21,9%

Avtomobil xaridi uchun ajratiladigan kreditlarning o‘rtacha stavkasi 21,9% ni tashkil etgan. Banklarda ushbu kreditlar bo‘yicha stavkalar 18,1% dan 25,8% gacha bo‘lgan.

Eng past stavka Aloqabankda — 18,1%. Undan keyingi ko‘rsatkichlar quyidagicha:

  • Ipoteka bank — 20,0%;
  • Asaka bank — 20,1%;
  • Milliy bank — 20,8%;
  • Ipak yo‘li bank — 20,9%;
  • SQB — 21,6%.

Eng past va yuqori avtokredit stavkalari o‘rtasidagi farq 7,7% bandini tashkil qilgan.

Ipoteka: o‘rtacha stavka 21,8%

Uy-joy sotib olish, qurish yoki ta’mirlash uchun beriladigan ipoteka kreditlarining o‘rtacha stavkasi 21,8% bo‘lgan.

Eng past stavka Infinbankda qayd etilgan — 19,7%. Keyingi ko‘rsatkichlar:

  • BRB — 20,4%;
  • Milliy bank — 20,9%;
  • SQB — 21,0%;
  • OFB — 21,1%;
  • Hamkorbank — 21,5%.

Ipoteka kreditlari bo‘yicha eng past va yuqori stavkalar o‘rtasidagi farq 6,3% bandiga teng bo‘lgan.

Mikroqarzlar bo‘yicha stavkalar yuqoriroq

Mikroqarzlarda banklar o‘rtasidagi farq yanada katta. 21-sentyabr holatiga ushbu kreditlarning o‘rtacha stavkasi 29,0% ni tashkil etgan.

Eng past stavka Infinbankda — 24,0%. Shuningdek:

  • Asia Alliance bank — 24,4%;
  • Mikrokreditbank — 24,4%;
  • Trastbank — 24,7%;
  • Milliy bank — 24,9%;
  • Aloqabank — 25,0%.

Mikroqarzlar bo‘yicha eng past va yuqori stavkalar o‘rtasidagi tafovut 16,1% bandiga yetgan.

Biznes kreditlarida o‘rtacha stavka 23,1%

Yuridik shaxslarga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratiladigan kreditlarning o‘rtacha stavkasi 23,1%ni tashkil etgan.

Eng past stavka Milliy bankda — 20,5%. Keyingi o‘rinlarda:

  • Aloqabank — 20,9%;
  • OFB — 20,9%;
  • Apex bank — 21,1%;
  • Poytaxt bank — 21,1%;
  • Mikrokreditbank — 21,4%;
  • Trastbank — 21,6%.

Ayrim banklarda biznes kreditlari 30%dan oshgan

Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun yuridik shaxslarga beriladigan kreditlarda stavkalar o‘rtasidagi tafovut sezilarli bo‘lgan.

BRBda stavka 24,0%, Tenge bankda 24,1%, Universal bank va Asaka bankda 25,2%ni tashkil etgan.

SQB va Turon bankda stavka 25,8%dan, Kapital bankda 26,0%, Davr bankda 26,9% bo‘lgan.

Yuqoriroq stavkalar Garant bankda 27,6%, Anor bankda 27,8%, Hayot bankda 28,8% va Tayanch bankda 30,7% darajasida qayd etilgan.

Eng yuqori ko‘rsatkich TBC bankda — 33,1%. Natijada ushbu kredit turi bo‘yicha eng past va yuqori stavkalar o‘rtasidagi farq 12,6% bandini tashkil qilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi subsidiyalarini ajratish tizimi o‘zgartiriladi
/
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi subsidiyalarini ajratish tizimi o‘zgartiriladi
Yana 4 ta davlat kompaniyasining IPO’si 2027–2028-yillarga qoldiriladi
/
Yana 4 ta davlat kompaniyasining IPO’si 2027–2028-yillarga qoldiriladi
O‘zbekistonda elektr ta’minotidagi uzilishlar uchun iste’molchilarga kompensatsiya to‘lanadi
/
O‘zbekistonda elektr ta’minotidagi uzilishlar uchun iste’molchilarga kompensatsiya to‘lanadi