2025-yil 1-sentabrdan ayrim chegara punktlarida ikki yo‘lakli nazorat tartibi joriy qilinadi

Xususan, avtotransportlar xavf darajasiga ko‘ra, “yashil yo‘lak” va “qizil yo‘lak” larga ajratiladi

2025-yil 1-sentabrdan ayrim chegara punktlarida ikki yo‘lakli nazorat tartibi joriy qilinadi

2025-yil 1-sentabrdan boshlab “Gʻishtko‘prik”, “Zangiota” va “Daut-Ata” o‘tkazish punktlarida sinov tariqasida avtotransport vositalari uchun ikki yo‘lakli (“yashil” va “qizil”) xavflarni boshqarish tamoyillariga asoslangan davlat nazorat tartibotini qo‘llash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Bojxona qo’mitasi ma’lum qilmoqda

Bunda “yashil yo‘lak” — xavf darajasi past bo‘lgan avtotransport vositalari va unga yuklangan tovarlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilinishida, davlat nazoratining barcha shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi. Avtotransport vositasi va uning haydovchisiga nisbatan amalga oshiriladigan hujjatli nazorat bundan mustasno.

“Qizil yo‘lak” — davlat nazorati xavf darajasi yuqori va tasodifiy tanlovda aniqlangan avtotransport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi. 

“Qizil” yoki “yashil” yo‘laklar bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimi orqali avtomatik tarzda belgilab beriladi. 

O‘tkazish punktidagi davlat nazorat organlari xodimlari tomonidan “profayling” tanlov asosida avtotransport vositalarini bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimida “yashil” yo‘lakdan “qizil” yo‘lakka yo‘naltirilib, tegishli nazorat shakllari qo‘llaniladi. 

Mazkur tartibot O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan avtotransport vositalariga nisbatan faqatgina inspeksion ko‘rik majmuasi orqali nazoratdan o‘tkazilganidan so‘ng qo‘llaniladi.

Mazkur amaliyot sinov natijalariga ko‘ra 2026-yil 1-sentabrdan boshlab bosqichma-bosqich avtomobil yo‘li o‘tkazish punktlarida kuchga kiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda yangi bog‘lar barpo etish uchun imtiyozli kredit beriladi
/
O‘zbekistonda yangi bog‘lar barpo etish uchun imtiyozli kredit beriladi
O‘zbekiston 2025-yil davomida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotiladi
/
O‘zbekiston 2025-yil davomida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotiladi
2025-yilda mamlakatda ishlab chiqarish hajmi 43 trlnga yetkaziladi
/
2025-yilda mamlakatda ishlab chiqarish hajmi 43 trlnga yetkaziladi