Bloomberg O‘zbekistonda QQS to‘lovchisiga aylandi

Hozirda respublikada 69 ta xorijiy onlayn kompaniya soliq tizimida ro‘yxatdan o‘tgan

Bloomberg O‘zbekistonda QQS to‘lovchisiga aylandi

O‘zbekistonda ikkita yangi xorijiy internet-kompaniya QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatga olindi. Bu haqda Yirik soliq to‘lovchilar bilan ishlash bo‘yicha mintaqalararo inspeksiya ma’lum qildi.

15-aprel kuni Bloomberg LP nomli Amerika kompaniyasi mamlakat soliq tizimida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ushbu kompaniya o‘z nomidagi moliyaviy-tahliliy platformani boshqaradi.

Xuddi shu kuni Reach ekvayring platformasini taqdim etuvchi yuridik shaxs — Britaniyaning With Reach UK Ltd kompaniyasi ham ro‘yxatdan o‘tdi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda QQS to‘laydigan xorijiy onlayn xizmatlar ro‘yxatida hozirda 69 ta kompaniya mavjud bo‘lib, ular orasida Alibaba Cloud, eBay va OpenAI ham bor.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Hamkorbank asosiy aksiyadori ulushini 61,9% gacha oshirdi
/
Hamkorbank asosiy aksiyadori ulushini 61,9% gacha oshirdi
Issiqxonalarni Surxondaryoga ko‘chirish mahsulot tannarxini 2,5 baravargacha kamaytiradi
/
Issiqxonalarni Surxondaryoga ko‘chirish mahsulot tannarxini 2,5 baravargacha kamaytiradi
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun 3 mln yevrolik grant ajratadi
/
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun 3 mln yevrolik grant ajratadi