Hamkorbank asosiy aksiyadori ulushini 61,9% gacha oshirdi

Ikrom Ibragimov ayni vaqtda 80 mlrd donadan ortiq aksiyaga egalik qilmoqda

Hamkorbank asosiy aksiyadori ulushini 61,9% gacha oshirdi

Hamkorbankning majoritar aksiyadori Ikrom Ibragimov bankdagi ulushini oshirdi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida e’lon qilingan muhim faktda ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, kuzatuv kengashi a’zosi hisoblangan Ibragimovning ulushi 59,21%dan 61,88%gacha oshgan. Natijada u bankning 80 mlrddan ortiq aksiyalariga egalik qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat bankining asosiy ta’sischilari qatoriga, shuningdek, Niderlandiyaning Nederlandse Financierings-Maatschappij Voor Ontwikkelingslanden N.V. (14,6%), responsAbility Participations AG (10,5%) hamda International Finance Corporation (7,3%) kiradi. Qolgan aksiyalar ulushi esa 8,4%ni tashkil etadi.

Ikrom Ibragimov 1942-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. U 1973-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 1991-yildan buyon bank tizimida faoliyat yuritib keladi, 2008-yildan esa “Hamkorbank” kuzatuv kengashi tarkibiga kirgan.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, “Hamkorbank” 2026-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, aktivlar, kapital, kredit va depozitlar hajmi bo‘yicha O‘zbekistondagi xususiy banklar orasida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Soliq qo’mitasi barcha omonatlar va pul o’tkazmlarini nazorat qilishi mumkin
/
Soliq qo’mitasi barcha omonatlar va pul o’tkazmlarini nazorat qilishi mumkin
Namanganga $5 mlrd xorijiy investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
/
Namanganga $5 mlrd xorijiy investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar 7% ga oshiriladi
/
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar 7% ga oshiriladi