Issiqxonalarni Surxondaryoga ko‘chirish mahsulot tannarxini 2,5 baravargacha kamaytiradi

Yangi agropark loyihasi iqlim va energiya xarajatlari hisobiga samaradorlikni oshirishi kutilmoqda

Issiqxonalarni Surxondaryoga ko‘chirish mahsulot tannarxini 2,5 baravargacha kamaytiradi

O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklarini Toshkent va unga tutash hududlardan iqlimi qulayroq bo‘lgan janubiy viloyatlarga ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida Surxondaryo viloyatida 940 gektar maydonda agropark tashkil etish rejalashtirilgan.

Mazkur tashabbus ekologik holat va issiqxona xo‘jaliklarining yuqori energiya sarfi bilan bog‘liq. Avvalroq, 2026-yil 1-oktabrdan boshlab poytaxt hududida yangi issiqxonalar qurilishini cheklash taklifi ilgari surilgandi.

Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, janubiy hududlarda issiqxona yuritish xarajatlari ancha past. Xususan, Surxondaryoda mahsulot tannarxi Toshkent viloyatiga nisbatan qariyb 2,5 baravar arzon bo‘lishi mumkin.

Bunga asosiy sabablar sifatida havo harorati, quyosh nurlanishi darajasi va isitish xarajatlari keltirilmoqda. Masalan, yanvar oyida Toshkentda o‘rtacha harorat +6°C atrofida bo‘lsa, Termizda bu ko‘rsatkich +10,8°C ni tashkil etadi. Natijada energiya sarfi kamayadi.

Shu sababli, 1 tonna issiqxona mahsulotining tannarxi Toshkent viloyatida o‘rtacha 11,9 mln so‘mni tashkil etsa, Surxondaryoda bu ko‘rsatkich 4,9 mln so‘m atrofida shakllanadi.

Bundan tashqari, yuqori insolyatsiya darajasi fotosintez jarayonini tezlashtirib, sun’iy yoritishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Iqlimning yumshoqligi esa ishlab chiqarish barqarorligini oshiradi.

Rejalarga ko‘ra, Sherobod tumanida tashkil etiladigan agropark mahsulot tannarxini pasaytirish, ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash hamda eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi