Kelajak shu yerda: ICTWEEK UZBEKISTAN 2024’da CDTI biznes uchun ilg‘or texnologiyalarni taqdim etdi

CDTI kompaniyalar guruhi 17-20-sentabr kunlari oʻtkazilgan axborot texnologiyalari sohasidagi muhim tadbir - ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 ishtirokchisiga aylandi

Kelajak shu yerda: ICTWEEK UZBEKISTAN 2024’da CDTI biznes uchun ilg‘or texnologiyalarni taqdim etdi

Kengaytirilgan tadbir davomida CDTI kompaniyasi turli biznes sohalarida qo‘llash uchun ishlab chiqilgan bir qator texnologiyalarni taqdim etib, sun’iy intellektga asoslangan mashinaviy koʻrish va mashinaviy ta’lim sohasidagi oʻzining innovatsion yechimlarini namoyish etdi.

Quyidagi texnologiyalar e’tibor markazida bo‘ldi:

FaceTrack
— nafaqat real vaqt rejimida, balki ilgari yozib olingan foto va video materiallar asosida yuzlarni kuzatish va aniqlashga moʻljallangan tizim. Dasturiy ta’minot xavfsizlik, kirish nazorati, xatti-harakatlar tahlili va biznes uchun muhim boshqa jihatlar bilan bog‘liq ko‘plab muammolarni hal qilish imkonini beradi.

ItemTrack — xaridorlar ishlatgan tovarlar va mahsulotlarni kuzatish texnologiyasi. Tizim tovarlarni skanerlamasdan avtomatik ravishda chekka qo‘shish, peshtaxtadagi “bo‘sh” joylarni aniqlash, shuningdek, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish kassalarida o‘g‘riliklarning oldini olish uchun savatdagi tovarlarni cheklar bilan solishtirish imkonini beradi.

CrowdTrack — tadbirlar, savdo markazlari yoki jamoat joylarida tashrif buyuruvchilar oqimini samarali kuzatishga moʻljallangan yechim, u odamlar oqimi boshqaruvini yaxshilash, xavfsizlikni ta’minlash va iste’molchilar istaklarini tahlil qilish uchun kerakli ma’lumotlarni taqdim etadi.

EmotionTrack — nafaqat real vaqt rejimida, balki yozib olingan ma’lumotlar asosida foydalanuvchilarning his-tuyg‘ulari va kayfiyatini kuzatishga moʻljallangan texnologiya. Tizim mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilash, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va xavfsizlikni oshirish uchun qoʻllanilishi mumkin.

Yangi yechimlardan tashqari, O‘zbekiston bozorida allaqachon iste’molchilarning ishonchini qozongan raqamli ekotizim — Smart Ecosystem mahsulotlari ham taqdim etildi:

  • Smart Business — chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasi uchun keng qamrovli yechim. Uzkassa va A-Pay P10 onlayn nazorat-kassa apparatlari, hisobga olish tizimi, shuningdek, bepul maslahat va xizmat koʻrsatishni taqdim etadi.
  • Smart Supply — markalangan va markalanmagan tovarlarning ombor hisobini yuritishga moʻljallangan avtomatlashtirilgan tizim. U mahsulot qoldiqlari va harakatini kuzatish, shuningdek, yetkazib berish uchun buyurtmalarni shakllantirish imkonini beradi.
  • Smart Silen — markalangan tovarlar bilan ishlash uchun alkogol, tamaki, farmatsevtika mahsulotlari, shuningdek, suv, ichimliklar va maishiy texnika ishlab chiqaruvchilari va import qiluvchilar uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan tizim.


ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 ko‘rgazmasi turli sohalarda biznes jarayonlarni optimallashtirish va biznes samaradorligini oshirishga ixtisoslashtirilgan CDTI kompaniyasining ilg‘or yechimlarini namoyish etish uchun muhim maydonga aylandi.

Sayt: cdti.uz

LinkedIN: @cdti

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O’zbekistonda barcha kollej va kasb-hunar maktablarini texnikumlarga aylantirish rejalashtirilgan
/
O’zbekistonda barcha kollej va kasb-hunar maktablarini texnikumlarga aylantirish rejalashtirilgan
O’zbekiston MET «Rosseti»dan boshqaruv platformasini joriy etishni rejalashtirmoqda
/
O’zbekiston MET «Rosseti»dan boshqaruv platformasini joriy etishni rejalashtirmoqda
Shahrisabz aeroporti o’z faoliyatini tikladi
/
Shahrisabz aeroporti o’z faoliyatini tikladi