Raqobat qo‘mitasi yuqori likvidli mahsulotlar savdosida 1,2 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad aniqladi

Birja savdolari tartibini buzgan korxonalarga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy choralar qo‘llanmoqda

Raqobat qo‘mitasi yuqori likvidli mahsulotlar savdosida 1,2 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad aniqladi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar natijasida yuqori likvidli mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish tartibini buzish holatlari aniqlanib, jami 1 mlrd 249 mln so‘m miqdorida asossiz daromad olingani ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, aniqlangan holatlar O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 170-son qarori talablariga zid ravishda sodir etilgan. Ushbu qonunbuzarliklar yuzasidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan belgilangan tartibda ishlar qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Hududlar kesimida o‘rganishlar natijalari quyidagicha:

  • Andijon viloyatida “VODIY SANOAT FAXRI” MChJ tomonidan paxta tolasi va boshqa mahsulotlar birja savdolarisiz sotilgani aniqlanib, 133,8 mln so‘m asossiz daromad undirilishi belgilandi va jarima qo‘llandi.
  • Buxoro viloyatida “JR COTTON” MChJ 970,2 mln so‘mdan ortiq mahsulotni birja platformasiga joylashtirmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotgani aniqlanib, qonunbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
  • Namangan viloyatida 14 ta korxonada qonunbuzarlik aniqlanib, 11 tasiga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llandi. Xususan, yog‘-moy korxonasida narxlarni sun’iy oshirish orqali 65,4 mln so‘m asossiz daromad olingani ma’lum qilindi.
  • Navoiy viloyatida “DYNAMIC ELECTRONICS” MChJ tomonidan mahsulotlar birja savdolarisiz sotilib, 22,6 mln so‘m asossiz daromad olingani aniqlangan.
  • Surxondaryo viloyatida “Denov chorvachilik omuxta yem” MChJ faoliyatida 11,8 mln so‘m asossiz daromad olish holatlari qayd etildi.
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida “ELLIKQAL’A OLTIN TOLASI KLASTERI” MChJ tomonidan 430,8 mln so‘m asossiz daromad olingani aniqlanib, majburiy ko‘rsatma berildi.
  • Qashqadaryo viloyatida “Mirishkor ratex tekstil” MChJ tomonidan birja savdolari jadvaliga rioya qilinmagani va 584,9 mln so‘m asossiz daromad olingani ma’lum qilindi.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan barcha aniqlangan holatlar yuzasidan qonunbuzarliklarni bartaraf etish, ularning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va tegishli moliyaviy choralarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
/
O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
/
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi
/
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi