Birinchi parvozdan oldin nimalarni bilishingiz kerak
Boshlovchilar uchun oddiy yo‘riqnoma
Chipta sotib olish, aeroportda adashib qolmaslik va chamadonni yo‘qotib qo‘ymaslik. Agar hech qachon parvoz qilmagan samolyotda uchmagan – bo‘lsangiz, birinchi parvozga tayyorgarlik murakkab vazifadek tuyulishi mumkin. Xayolingizda millionta savol aylanadi: “O‘zim bilan nima olsam bo‘ladi?”, “Qanday qilib kechikmaslik kerak?”, “Agar reys kechiktirilsa, nima qilish kerak?”.
Biz butun jarayonni qadamma-qadam tahlil qildik. Bu qo‘llanmani o‘zingiz uchun saqlab qo‘yishingiz yoki safarga otlanayotgan ota-onangizga jo‘natishingiz mumkin.
1-qadam. Chiptani ortiqcha to‘lovlarsiz xarid qilamiz.
Ilgari chipta olish uchun shaharning narigi chekkasidagi aviakassaga borish kerak edi. Hozir esa chiptani atigi bir necha daqiqada telefon yoki kompyuter orqali onlayn xarid qilish mumkin, masalan, payme travel’da.

- Bu qanday ishlaydi: Saytga kirasiz, qayerdan va qayerga uchmoqchi ekaningizni tanlaysiz va mavjud parvozlar orasidan o‘zingizga mosini topasiz.
- Qulayligi: Buning uchun payme’da ro‘yxatdan o‘tishingiz yoki ilovani yuklab olishingiz shart emas. Pasport ma’lumotlarini kiritib, istalgan bank kartangiz orqali to‘lovni amalga oshirishingiz kifoya.
- Foydali imkoniyat: Ba’zan chipta zudlik bilan kerak bo‘lib qoladi — masalan, bolalaringizni ko‘rgani yoki Samarqandga qulay reys chiqib qolsa, ammo maoshgacha hali bir necha kun bo‘lsa. payme travel’da keyinroq to‘lash imkoniyati bor: chiptani hozir rasmiylashtirasiz, to‘lovni esa keyinroq amalga oshirasiz.
Muhim: Ma’lumotlarni to‘ldirishda ism va familiyangizni diqqat bilan tekshiring — ular pasportingizda qanday yozilgan bo‘lsa, aynan shunday lotin harflarida kiritilishi kerak.
2-qadam. Qo‘l yuki va bagaj.
Chipta sotib olingach, elektron chipta elektron pochtangizga yuboriladi. Unda o‘zingiz bilan qancha yuk olib ketishingiz mumkinligi ko‘rsatiladi. Yuklar ikki turga bo‘linadi:
- Qo‘l yuki. Bu kichik sumka, ryukzak yoki kichik chamadon bo‘lib, uni samolyot saloniga o‘zingiz bilan olib kirasiz. U parvoz davomida o‘rindig‘ingiz tepasidagi yuk javoniga joylashtiriladi. Ruxsat etilgan vazn va o‘lchamlar aviakompaniyaga qarab farq qiladi va chiptada ko‘rsatiladi. Odatda qo‘l yuki 5–10 kg bo‘ladi.
- Bagaj. Bu aeroportda topshiriladigan katta chamadon bo‘lib, uni faqat manzilga yetib borgach olasiz. Agar bagaj tarifga kiritilgan bo‘lsa, ruxsat etilgan vazni ham chiptada ko‘rsatiladi. Odatda bu 23–25 kg bo‘ladi.
Asosiy xavfsizlik qoidasi: Aksariyat xalqaro reyslarda qo‘l yukida hajmi 100 ml dan oshadigan suyuqliklar, aerozollar, shuningdek qaychi, pichoq va boshqa o‘tkir buyumlarni olib o‘tish taqiqlanadi. Biroq qo‘l yukiga albatta pul, hujjatlar, telefon, quvvatlagich va zarur dori-darmonlarni solishni unutmang. Kosmetika va parvarish vositalarini esa bagajga joylagan ma’qul.
3-qadam. Aeroport: kirishdan parvozgacha.
Birinchi parvoz uchun eng muhim qoida — aeroportga parvozdan 2,5–3 soat oldin yetib boring. Shoshilib terminal bo‘ylab yugurgandan ko‘ra, chiqish darvozasi oldida xotirjam kutgan yaxshiroq.
Ichkarida sizni nimalar kutmoqda:
- Kirishdagi nazorat. Aeroportga kirishda sumkalaringiz skaner lentasidan o‘tkaziladi, siz esa ramkadan o‘tasiz. Bu odatiy xavfsizlik tekshiruvi, xavotirlanishga hojat yo‘q.
- Ro‘yxatdan o‘tish va bagajni topshirish. Aeroportdagi ma’lumotlar tablosini toping — u odatda kirish qismida joylashgan bo‘ladi. Undan parvozingiz raqami va aviakompaniya nomini topishingiz mumkin. Bu ma’lumotlar elektron chiptangizda ham ko‘rsatilgan. Agar parvozingizni darhol topa olmasangiz, xavotir olmang. Tablo har bir necha soniyada yangilanib turadi, shuning uchun unda barcha reyslar navbat bilan ko‘rsatiladi.
Parvozingiz raqami qarshisida ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtalari (Check-in) raqamlari ko‘rsatiladi. Ulardan istalganiga yaqinlashing — odatda bitta reys uchun yo‘lovchilar soniga qarab bir nechta peshtaxta ishlaydi.
- Bu yerda pasportingizni tekshirishadi, katta chamadoningizni tortib, bagaj sifatida rasmiylashtirishadi. Shundan so‘ng sizga bagaj kvitansiyasi beriladi. U odatda pasportning orqa tomoniga yopishtiriladi. Uni bagajingizni olguningizcha saqlab qo‘ying.
- Shuningdek, sizga chiqish taloni (boarding pass) beriladi. Bu bugungi kun uchun eng muhim hujjat — unda samolyotdagi o‘rningiz va chiqish darvozasi (Gate) raqami ko‘rsatilgan.
3. Check-in’dan keyingi pasport nazorati. Agar xorijga uchayotgan bo‘lsangiz, chegarachi pasportingizni tekshiradi va undan chiqish haqidagi belgi qo‘yadi.

4. Parvoz oldidan xavfsizlik tekshiruvi. Ro‘yxatdan o‘tish va pasport nazoratidan o‘tgach, yana bir xavfsizlik tekshiruvidan o‘tasiz. Bu jarayon tezroq va qulayroq o‘tishi uchun qulay kiyim va yechib-kiyish oson bo‘lgan poyabzal kiygan ma’qul. Tekshiruv vaqtida siz metallodetektor ramkasidan o‘tasiz, qo‘l yukingiz esa skaner orqali tekshiriladi.
5. Kutish va bortga chiqish. Shundan so‘ng siz “neytral zona”ga o‘tasiz. Chiqish taloningizga qarab, chiqish darvozasi (Gate) raqamini topib, masalan, Gate 5, va shu yerga borasiz. Bortga chiqish boshlanganda bu haqda ovoz kuchaytirgich orqali e’lon qilinadi va darvoza oldida navbat hosil bo‘ladi. Chiqish taloningizni ko‘rsatasiz, so‘ng teleskopik yo‘lak (teletrap) orqali samolyotga o‘tasiz yoki avtobus sizni to‘g‘ridan to‘g‘ri samolyotgacha olib boradi. Samolyot bortida bort kuzatuvchilari sizga o‘rningizni topishga yordam berishadi.
4-qadam. Reys kechiksa nima qilish kerak?
Ba’zan reys ob-havo sharoiti, texnik sabablar yoki jadvaldagi o‘zgarishlar tufayli kechikishi mumkin. Eng muhimi — xavotir olmang.
Agar reysingiz kechiktirilsa, aeroportdagi aviakompaniya vakiliga murojaat qiling. U kechikish sababini tushuntiradi, keyingi qadamlar bo‘yicha yo‘l-yo‘riq beradi va siz qanday yordam olishingiz mumkinligini aytadi. Yo‘lovchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar aviakompaniya qoidalari hamda jo‘nab ketayotgan mamlakat qonunchiligiga bog‘liq.

Uydan chiqishdan oldingi chek-list:
- Pasport. Parvozdan ancha oldin uning amal qilish muddatini tekshiring. Agar muddati tugayotgan yoki tugagan bo‘lsa, yangi pasportni rasmiylashtirishga ulgurasiz.
- Biroz naqd pul.
- Telefon va quvvatlagich. Imkon bo‘lsa, parvozdan oldin telefoningizni to‘liq quvvatlab oling. Agar ulgurmagan bo‘lsangiz, buni aeroportda ham qilishingiz mumkin.
- Doimiy qabul qiladigan dori-darmonlaringizni qo‘l yukiga soling.
- Elektron chipta. U telefoningizda saqlanganiga yoki chop etilganiga ishonch hosil qiling. Agar to‘lovni kechiktirish imkoniyatidan foydalangan bo‘lsangiz, to‘lov sanalarini ham tekshirib qo‘ying.
Oq yo‘l! Parvozingiz bexatar o‘tsin. Birinchi parvoz har doim katta va unutilmas sayohatlarning boshlanishidir.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ
