Birinchi chorakda O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 13% ga ko‘paydi

Biroq Rossiyadan yuboriladigan pul mablag'lari 72,4% gacha pasaygan, bu patent narxi oshishi va rubl kursining qadrsizlashi bilan bog'liq

Birinchi chorakda O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 13% ga ko‘paydi

2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda mehnat bozori faolligi yuqori darajada saqlanib qoldi. Bu davrda ishchi kuchiga talab oshib, ish haqi va xorijdan pul o‘tkazmalari ko‘paydi, deb xabar bermoqda Markaziy bank.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mart oyida vakansiyalar soni 9,8% ga oshgan. Ishchi kuchiga talab, ayniqsa, xizmatlar, savdo, umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish sohalarida yuqori bo‘lgan.

Shu bilan birga, faol rezyumelar soni 31,5% ga ko‘payib, mehnat bozorida ish o‘rinlari uchun raqobat kuchayganini ko‘rsatgan. Bandlikning asosiy o‘sishi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan, natijada ishsizlik darajasi 4,8% gacha pasaygan.

Hisobot davrida nominal ish haqi 17,4% ga, real ish haqi esa 9,5% ga oshdi. Eng yuqori o‘sish moliyaviy xizmatlar, transport va boshqa xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida qayd etildi. Real ish haqlarining oshishi ichki iste’molni qo‘llab-quvvatlashda davom etgan.

2026-yilning yanvar–mart oylarida xorijdan O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi $3,8 mlrdni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13% ga oshdi.

Rossiyadan kelib tushgan pul oʻtkazmalarining ulushi oʻtgan yilning mos davridagi 77,6% dan 72,4% gacha pasaydi. Bu, asosan, yil boshidan patent toʻlovlarining oshishi, rubl kursining nisbatan mart oyida qadrsizlanishi, hamda mehnat migratsiyasi yoʻnalishlarining kengayishi bilan izohlanadi.

Shu bilan birga, umumiy pul oʻtkazmalarda Qozogʻistonning ulushi 1% ga oshib 4,1% ni, Yevropa davlatlarining ulushi 1% ga oshib 3,3% ni, Janubiy Koreyani ulushi 0,6% bandga oshib 4,1% ni tashkil etdi. Boshqa davlatlar ulushi esa 2,6% bandga oshib, 16,2% ga yetdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda poyabzal eksportini $150 mlngacha yetkazish rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda poyabzal eksportini $150 mlngacha yetkazish rejalashtirilmoqda
Dollar kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi
/
Dollar kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi
Qirg‘iziston yoqilg‘i taqchilligi sabab O‘zbekistondan yordam so‘radi
/
Qirg‘iziston yoqilg‘i taqchilligi sabab O‘zbekistondan yordam so‘radi