“Beshyog‘och” dehqon bozori o‘rnida yirik biznes markazini quriladi

Biznes markazi 4 qavat bolib, unga ikkita turar joy binosi, bitta tijorat osmono‘par binosi va aralash binolar kiradi 

“Beshyog‘och” dehqon bozori o‘rnida yirik biznes markazini quriladi

Turkiya kompaniyasi Toshkent shahrida joylashgan “Beshyog‘och” dehqon bozori o‘rnida yirik biznes markazini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Chilonzor tumani matbuot xizmati xabar berdi.

Tuman hokimi o‘rinbosari Abduhamid Abduqodirov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’sullari bilan Turkiyaning “Albil Merkez Hizmetler ve Ticaret Anonim Sirketi” — “Albayrak Holding” kompaniyasi vakillari o‘rtasida muzokoralar olib borildi.

Unda Turkiya tomoni “Beshyog‘och” dehqon bozori o‘rnida qurilishi belgilanayotgan “Skyvision” kompleksi loyihasini taqdim etdi.

Loyiha taqdimotidan e’lon qilingan slaydga ko‘ra, majmuaga 4 ta ko‘p qavatli bino kiradi: ikkita turar joy binosi (“Crown Residence”), bitta tijorat osmono‘par binosi (“Skyscraper”) va aralash bino (“Wave Residence & Office”).

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi transport loyihalarisiz Markaziy Osiyo savdo hajmlarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlay olmaydi — Jasurbek Choriyev
/
Yangi transport loyihalarisiz Markaziy Osiyo savdo hajmlarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlay olmaydi — Jasurbek Choriyev
Fransiyaga qisqa muddatli viza olish tartibi o‘zgaradi
/
Fransiyaga qisqa muddatli viza olish tartibi o‘zgaradi
O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanishi mumkin
/
O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanishi mumkin