Evgeniy Nastradin Beeline Uzbekistan bosh direktori etib tayinlandi

Shuningdek, Andrey Pyataxin operatsion direktor, Ahmet Kayhan esa Veon Groupning raqamli to‘lovlarini boshqaradi

Evgeniy Nastradin Beeline Uzbekistan bosh direktori etib tayinlandi

Beeline Uzbekistan’da rahbariyat tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Kompaniya bosh direktori lavozimiga Evgeniy Nastradin tayinlandi. U 2019-yildan buyon Beeline Kazakhstan’ga rahbarlik qilib kelgan va yangi lavozim bilan birga VEON Group’ning executive-menejmenti tarkibida faoliyatini davom ettiradi.

2024-yil oktabr oyidan buyon Beeline Uzbekistan’ni boshqarib kelgan Andrey Pyataxin operatsion direktor lavozimiga o‘tdi. U kompaniya faoliyati samaradorligini oshirish hamda biznes-jarayonlarni kengaytirish masalalariga mas’ul bo‘ladi.

Shuningdek, Ahmet Kayhan VEON Group tarkibiga to‘lovlar va raqamli aktivlar bo‘yicha direktor sifatida qo‘shildi. U kompaniyaning moliyaviy servislarini rivojlantirish va raqamli aktivlar yo‘nalishini kengaytirish bilan shug‘ullanadi. Ahmet Kayhan avval DgPays kompaniyasida global rivojlanish bo‘yicha faoliyat yuritgan hamda NEOPAY direktorlar kengashi a’zosi bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, barcha tayinlovlar 2026-yil 1-apreldan boshlab, tegishli korporativ va regulyator roziliklari olingach kuchga kiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2027-yilda Yangi Sergeli ko‘chasida avtobus uchun 5,5 kilometrlik BRT yo‘lak quriladi
/
2027-yilda Yangi Sergeli ko‘chasida avtobus uchun 5,5 kilometrlik BRT yo‘lak quriladi
Toshkentda uy-joy narxlari iyul boshida 0,6% ga oshdi
/
Toshkentda uy-joy narxlari iyul boshida 0,6% ga oshdi
Yerusti metro liniyasi bo‘ylab 400 ta savdo shoxobchalari ishga tushiriladi
/
Yerusti metro liniyasi bo‘ylab 400 ta savdo shoxobchalari ishga tushiriladi