UzAuto Motors kompaniyasi Malibu, Traverse va Tahoe avtomobillarini sotishni to‘xtatdi

Hozirgi kunda faqat  Damas-2, Tracker-2, Captiva 5T va Onix avtomobillari uchun shartnoma tuzish mumkin

UzAuto Motors kompaniyasi Malibu, Traverse va Tahoe avtomobillarini sotishni to‘xtatdi

UzAuto Motors Chevrolet Malibu, Traverse va Tahoe avtomobillari sotuvini vaqtincha to‘xtatdi

Hozirda Uzavtosavdo saytida faqat Damas-2, Tracker-2, Captiva 5T va Onix avtomobillari uchun shartnoma tuzish mumkin.

“Avtostrada” nashrining yozishicha, mart oyining o‘rtalaridan boshlab premium avtomobillar uchun shartnomalar berish to‘xtatilgan. Buning ehtimoliy sabablaridan biri sifatida amaldorlarning xorijiy xizmat avtomobillaridan voz kechib, mahalliy avtomobillarga o‘tayotgani keltirilgan.

“Avtomobillar [Malibu, Traverse va Tahoe] modellari bilan to‘liq shartnoma tuzilgan. Tez orada qo‘shimcha hajmlarni sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqdamiz”, — deya ma’lum qildi UzAuto Motors.

Kompaniya UzAuto Motors’ning rasmiy axborot kanallari orqali sotuvlar qayta tiklangani haqida qo‘shimcha xabar berilishini qayd etdi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
/
O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
/
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi