Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami arafasida poyezd qatnovlari soni oshirildi

19–25-mart kunlari yo‘lovchi poyezdlarida jami 25 000 ta qo‘shimcha o‘rin yaratildi

Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami arafasida poyezd qatnovlari soni oshirildi

Muborak Ramazon hayiti hamda Navro‘z umumxalq bayramlari davrida yo‘lovchilarning o‘z manzillariga xavfsiz yetib borishlarini ta’minlash maqsadida 2026-yilning 19–25-mart kunlari aholi talabini qondirish uchun jami 25 000 ta qo‘shimcha o‘rin yaratildi.

Qo‘shimcha “Afrosiyob” reyslari:

  • Toshkent — Samarqand — Toshkent: 19–21-mart kunlari (6 ta reys);
  • Toshkent — Buxoro — Toshkent: 19, 20, 21, 22, 23 va 25-mart kunlari amalga oshiriladi.

19-24-mart kunlari Toshkent — Buxoro — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdlari harakati jadvali quyidagicha

  • №778-sonli poyezd: Toshkent (Markaziy) 06:10 — Buxoro;
  • №777-sonli poyezd: Buxoro 18:08 — Toshkent.

Shuningdek, 2026-yilning 19-25 mart kunlari “Toshkent – Xiva – Toshkent”, “Toshkent – Shovot – Toshkent”, “Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent” hamda “Toshkent – Termiz – Toshkent”, “Toshkent – Buxoro – Toshkent” (Sharq) yo‘nalishlarida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlarga 4 tadan qo‘shimcha vagonlar ulanadi. Ushbu kunlari yo‘nalishdagi amaldagi reyslar orqali qo‘shimcha ulanadigan vagonlar orqali tashiladigan yo‘lovchilar soni 21 500 nafarni tashkil etadi.

Chiptalarni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy sayti, mobil ilovasi hamda temir yo‘l kassalaridan xarid qilishingiz mumkin. Safaringizni oldindan rejalashtiring!

Sayt: www.railway.uz

Facebook: @uzrailway

Instagram: @uzrailways_uz

Telegram: @uzrailways_uz

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UZBEKENERGOTAMIR Toshkentda yangi “Iyk ota” podstansiyasini qurib bitkazdi
/
UZBEKENERGOTAMIR Toshkentda yangi “Iyk ota” podstansiyasini qurib bitkazdi
Octobank xalqaro hisob-kitoblar uchun valyutalar turini 16 taga yetkazdi —Meksika pesosidan tortib Polsha zlotisigacha
/
Octobank xalqaro hisob-kitoblar uchun valyutalar turini 16 taga yetkazdi —Meksika pesosidan tortib Polsha zlotisigacha
2026-yilda Toshkentda bolani maktabga tayyorlash qanchaga tushadi
/
2026-yilda Toshkentda bolani maktabga tayyorlash qanchaga tushadi