O‘zbekistonda banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi

Markaziy bank banklarni sanatsiya qilish va tugatish sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi

O‘zbekistonda banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi

23-iyun kuni “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Qonun banklar, banklar guruhlari va bank aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiluvchi xolding kompaniyalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Markaziy bank banklarni sanatsiya qilish va tugatish sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Quyida sanab o‘tilgan barcha asoslarning mavjudligi bankni sanatsiya qilishni boshlash uchun asos deb hisoblanadi:

  • bankning to‘lovga qobiliyatsizligi yoki to‘lovga qobiliyatsizlikning yuzaga kelish ehtimoli yuqoriligi;
  • banklar tomonidan ko‘rilgan choralar, shuningdek Markaziy bank tomonidan qo‘llangan nazorat choralari to‘lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etishga qodir bo‘lmaganligi yoxud 6 oy ichida buning ehtimoli mavjud emasligi;
  • bankning tizimli ahamiyatga molik ekanligi yoki tizimli ahamiyatga molik bo‘lmagan bankni majburiy tugatish orqali belgilangan maqsadlarga erishib bo‘lmasligi sababli sanatsiya qilish zarurligi.

Markaziy bank sanatsiya qilinayotgan bankning maxsus boshqaruvchisini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.

Sanatsiya qilish vositalari quyidagilardan iborat:

  • aktivlar va majburiyatlarni o‘tkazish (sotish);
  • oraliq bankni tashkil etish;
  • hisobdan chiqarish va (yoki) konvertatsiya qilish.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi