Banklar takroriy qoidabuzarliklarning oldini olishi shart — Markaziy bank

Yangi nizomga ko‘ra, tijorat banklariga maummolarning kelib chiqish sabablarini bartaraf etishi majburiy bo‘ladi

Banklar takroriy qoidabuzarliklarning oldini olishi shart — Markaziy bank

Markaziy bank bank xizmatlari iste’molchilari bilan ishlash bo‘yicha tijorat banklariga qo‘yiladigan minimal talablarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritdi. Tegishli qaror Adliya vazirligida 2026-yil 1-avgust kuni 3030-12-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va bir oy o‘tgach kuchga kiradi.

Yangi tahrirdagi nizom banklarda murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, takroriy qoidabuzarliklarning oldini olish hamda iste’molchilar huquqlarini yanada samarali himoya qilishga qaratilgan.

Hujjatga muvofiq:

  • “Tizimli kamchilik” tushunchasiga ilk bor huquqiy ta’rif berildi;
  • tijorat banklari murojaatlarni ko‘rib chiqishda nafaqat aniqlangan qoidabuzarliklarni, balki ularni keltirib chiqargan sabablarni ham bartaraf etishi shart etib belgilandi;
  • tizimli kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha namunaviy harakatlar rejasi shakli tasdiqlandi;
  • bank boshqaruvi va ichki audit xizmatining murojaatlar bilan ishlashdagi hisobdorligi kuchaytirildi;
  • tizimli kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qanday holatlar “choralar ko‘rilmagan” deb baholanishi mezonlari aniq belgilandi.

Markaziy bank qayd etishicha, mazkur o‘zgartirishlar murojaatlarni alohida holat sifatida emas, balki bank faoliyatidagi tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish vositasi sifatida ko‘rib chiqishga xizmat qiladi.

Regulyatorning ta’kidlashicha, bu yondashuv takroriy qoidabuzarliklarning oldini olish, bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarini ishonchliroq himoya qilish hamda tijorat banklarida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Avvalroq Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida Markaziy bank raisi Timur Ishmetov regulyator endi bankomatlar bilan bog‘liq muammolarga faqat texnik nosozlik sifatida emas, balki iste’molchilar huquqlarining ehtimoliy buzilishi nuqtai nazaridan yondashayotganini ma’lum qilgandi. 

Shu maqsadda banklarga to‘lov infratuzilmasi sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Shuningdek, regulyator tomonidan tayyorlangan yangi me’yoriy hujjatlardan biri 6-avgustdan kuchga kiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda shaxsga doir ma’lumotlarni uzatish mumkin bo‘lgan 49 ta davlat ro‘yxati tasdiqlandi
/
O‘zbekistonda shaxsga doir ma’lumotlarni uzatish mumkin bo‘lgan 49 ta davlat ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekistonda kriptoaktivlar bilan noqonuniy faoliyat yuritgan xorijiy kompaniyalar jarimaga tortilishi mumkin
/
O‘zbekistonda kriptoaktivlar bilan noqonuniy faoliyat yuritgan xorijiy kompaniyalar jarimaga tortilishi mumkin
Toshkent markazida 5 ta ko‘p qavatli bino ruxsatsiz qurilgani aniqlandi
/
Toshkent markazida 5 ta ko‘p qavatli bino ruxsatsiz qurilgani aniqlandi