Toshkent markazida 5 ta ko‘p qavatli bino ruxsatsiz qurilgani aniqlandi

Mega Logistics Servise kompaniyasi fuqarolarni ko‘chirish jarayoni yakunlanmasdan uyni buzib tashlagan

Toshkent markazida 5 ta ko‘p qavatli bino ruxsatsiz qurilgani aniqlandi

Tarmoqlarda 2-avgust kuni New Port turar joy majmuasi mansabdor shaxslari Damariq MFY, Abdulla Qahhor ko‘chasi 19-uyda yashovchi fuqarolarga kompensatsiya pullari to‘liq to‘lanmayotgani va uy noqonuniy buzilayotgani haqida videomurojaat tarqalgan edi.

Toshkent shahar prokuraturasi o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruvda Mega Logistics Servise MCHJ mansabdor shaxslari mazkur manzildagi fuqarolarni majburiy ko‘chirish bo‘yicha ijro harakatlari yakunlanmagan bo‘lsa-da, uyni o‘zboshimchalik bilan buzib tashlagani aniqlangan.

Shuningdek, kompaniya qurilishga tegishli ruxsatnoma olmasdan ushbu hududda 1 ta 20 qavatli, 2 ta 19 qavatli, 1 ta 12 qavatli va 1 ta 2 qavatli turar joy binosini o‘zboshimchalik bilan qurgani ma’lum bo‘lgan.

Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, Mega Logistics Servise MCHJ mansabdor shaxslari va boshqa shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Dastlabki tergov Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Prokuratura ma’lum qilishicha, jinoyat ishi tergovi alohida nazoratga olingan va uning yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Gaz tarmog‘i yetib bormagan 2 mingta mahalla uchun elektr tariflari qayta ko‘rib chiqiladi
/
Gaz tarmog‘i yetib bormagan 2 mingta mahalla uchun elektr tariflari qayta ko‘rib chiqiladi
UzNIFning sof foydasi 2 trln so‘mga yetdi
/
UzNIFning sof foydasi 2 trln so‘mga yetdi
2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston banklari qancha daromad oldi
/
2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston banklari qancha daromad oldi