Markaziy bank: Valyuta birjasidagi savdolar muddati 7 soatga uzaytiriladi

10-avgustdan boshlab birjadagi savdolar 17:00 gacha davom etadi, xorijiy valyutalarning rasmiy kurslari esa 17:30 da e’lon qilinadi

Markaziy bank: Valyuta birjasidagi savdolar muddati 7 soatga uzaytiriladi

10-avgustdan boshlab O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida kunlik savdo sessiyalari muddati yetti soatgacha uzaytiriladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 10-avgust, dushanba kunidan boshlab birjadagi savdolar avvalgi 5 soat o‘rniga 7 soat davom etadi. Yangi jadvalga ko‘ra, savdolar har kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha o‘tkaziladi.

Markaziy bankning ta’kidlashicha, ushbu o‘zgarish tijorat banklariga kun davomida valyuta mablag‘larini yanada samarali boshqarish imkonini beradi. Natijada banklar mijozlarning topshiriqlari bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirishi va xorijiy valyutadagi operatsiyalar uzluksiz bajarilishini ta’minlashi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan amaldagi kurslari Markaziy bankning rasmiy veb-saytida soat 17:30 da e’lon qilinadi.

Mazkur ma’lumotlar bank regulyatorining valyuta kurslari arxiviga bag‘ishlangan bo‘limida joylashtiriladi. E’lon qilingan kurslar buxgalteriya hisobi, statistik hisobotlarni tayyorlash, shuningdek bojxona va soliq to‘lovlarini hisoblashda qo‘llaniladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi
/
O‘zbekistonda 1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi
Turkiyaning “OYAK” kompaniyasi Yangi Toshkentning qurilish ishlarida ishtirok etishi mumkin
/
Turkiyaning “OYAK” kompaniyasi Yangi Toshkentning qurilish ishlarida ishtirok etishi mumkin
O‘zbekiston Xitoydan benzin va dizel yoqilg‘isi import qilishi mumkin
/
O‘zbekiston Xitoydan benzin va dizel yoqilg‘isi import qilishi mumkin