2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston banklari qancha daromad oldi
Bank sektorining umumiy foydasi qariyb 11 trln so‘mga yetdi
Фото: Kapital.uz
2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston bank sektorining umumiy sof foydasi qariyb 69% ga oshib, 10,99 trln so‘mdan ortiqni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida ma’lum qilindi.
Bankers ma’lumotlariga ko‘ra, faoliyat yuritayotgan 34 ta bankdan 25 tasi moliyaviy natijalarini yaxshilagan, 9 ta kredit tashkilotida esa foyda kamaygani yoki zarar oshgani qayd etilgan.
Mahalliy banklarning salmoqli qismi davlat ulushiga ega bo‘lib, rivojlanish institutlari vazifasini bajaradi.
500 mlrd so‘mdan ortiq foyda olgan 8 ta bank:
- Ipotekabank — 1,38 trln so‘m;
- O‘zbekiston Milliy banki — 1,21 trln so‘m;
- O‘zsanoatqurilishbank — 1,1 trln so‘m;
- Hamkorbank — 969,9 mlrd so‘m;
- Kapitalbank — 833,6 mlrd so‘m;
- Xalq banki — 650,5 mlrd so‘m;
- Trastbank — 503,8 mlrd so‘m;
- Orient Finans Bank — 501,6 mlrd so‘m.

100 mlrd so‘mdan 500 mlrd so‘mgacha foyda qayd etgan 12 ta bank:
Ipak Yo‘li Bank (480,4 mlrd so‘m), KDB Bank (403,4 mlrd so‘m), Davr Bank (368,7 mlrd so‘m), InfinBank (353,2 mlrd so‘m), TBC Bank (288 mlrd so‘m), Uzum Bank (258 mlrd so‘m), Aloqabank (251,9 mlrd so‘m), Asia Alliance Bank (240,2 mlrd so‘m), Biznesni rivojlantirish banki (208,5 mlrd so‘m), Octobank (170,6 mlrd so‘m), Universalbank (138,9 mlrd so‘m) va Apex Bank (107,6 mlrd so‘m).
10 mlrd so‘mdan 100 mlrd so‘mgacha foyda olgan 10 ta bank:
Asakabank (97,5 mlrd so‘m), Agrobank (95,6 mlrd so‘m), Anor Bank (79,2 mlrd so‘m), Mikrokreditbank (76,5 mlrd so‘m), Ziraat Bank (63,8 mlrd so‘m), Hayot Bank (40,9 mlrd so‘m), Garant Bank (28,5 mlrd so‘m), Tenge Bank (22,6 mlrd so‘m), Saderat Bank (22,2 mlrd so‘m) va Turonbank (22 mlrd so‘m).
10 mlrd so‘mdan kam foyda olgan uchta bank:
Poytaxtbank (6 mlrd so‘m), Mybank (5,9 mlrd so‘m) va Open Bank (1,1 mlrd so‘m).
Bank sektorida yagona zarar bilan ishlagan ishtirokchi AVO Bank bo‘lib, uning moliyaviy natijasi 7 mlrd so‘m zarar bilan yakunlangan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ