O‘zbekiston bank sektorida raqobat kuchaymoqda — MHTI

Xususiy va xorijiy banklar bozor konsentratsiyasini pasaytirib, o‘z ulushini oshirmoqda

O‘zbekiston bank sektorida raqobat kuchaymoqda — MHTI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2025-yil 1-fevral holatiga O‘zbekiston bank tizimidagi raqobat darajasini o‘rgandi.

2025-yil 1-fevral holatiga aktivlar bo‘yicha hisoblangan HHI indeksi o’tgan yilning mos davridagiga nisbatan 72 birlikka yaxshilanib, 800 ni tashkil qildi. Bu davrda tijorat banklari jami aktivlari hajmi 17,7% ga (yoki 115,6 trln. so‘m) ortib, 768 trln so‘mga yetdi. 

2024-yil 1-fevral holatiga xususiy va chet el kapitali ishtirokidagi banklarning bank tizimi jami aktivlaridagi ulushi 32,5% ni tashkil qilgan bo’lsa, 2025-yil 1-fevral holatiga 34,5% ga yetdi. Bu davrda “Anorbank” ulushi 1,36% dan 0,64% ga, “TBC” banki ulushi 1,33% dan 0,60% ga, “Hamkorbank” ulushi 3,71% dan 0,41% ga oshdi. Qolaversa, davlat ulushi mavjud eng yirik banklardan “O’zmilliybank” 17,5% dan 1,5% ga va “Asakabank”ning jami bank tizimi aktivlaridagi ulushi 7,4% dan 1,3% bandga kamaydi.

2025-yil 1-fevral holatiga kreditlar bo‘yicha hisoblangan HHI indeksi o‘tgan yilning mos davridagiga (975) nisbatan 57 birlikka yaxshilanib, 918 birlikni tashkil qildi. Bu davrda xususiy va chet kapitali ishtirokidagi banklar tomonidan ajratilgan kreditlarning butun bank tizimi jami kreditlar hajmidagi ulushi 30% dan 31% ga oshdi. 

Iqtisodiyotga tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit qo‘yilmalari hajmi 2025-yil 1-yanvar holatiga 533,1 trln so‘mni (YaIMga nisbatan 36,6%) tashkil qilgan bo’lsa, 1-fevral holatiga 866 mlrd so’mga oshib, 534 trln so’mga yetdi. Jami kredit qoldig‘i 2025-yil 1-fevral holatiga o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14% ga oshdi. Bunda, jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar hajmi mos ravishda 20% va 11% ga ortgan. Ushbu davrda jismoniy shaxslarga ajratilgan mikroqarzlar hajmi 75% ko’paydi .

Ma’lumot uchun: mikroqarzlar uchun maksimal qiymat 2024-yil 1-yanvardan 50 mln so’mdan 100 mln so’mga oshgan.

Milliy valyutadagi jami bank kreditlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi 2024-yilning yanvar oyida 24,1% ni tashkil qilgan bo‘lsa, dekabr oyida 23,4% ga tushgan.  

Milliy valyutadagi aholi kreditlari boʻyicha oʻrtacha tortilgan foiz stavkalari 2024-yil dekabr oyida 24,9% gacha oshdi (sentabrda 23,8% edi). Buning asosiy sababi milliy valyutadagi kreditlarga bo’lgan talabning va inflyatsion kutilmalarning yuqoriligidir. 

Depozitlar uchun HHI indeksi 2025-yil 1-fevral holatiga 636 birlikni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga (668) nisbatan 32 birlikka yaxshilandi. 2024-yil 1-fevral holatiga, jami depozitlar hajmi 242,1 trln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2025-yil 1-fevral holatiga 310,2 trln so’mga yetdi (o‘sish 28,1%). 

Xususiy va chet el kapitali ishtirokidagi banklarning bank tizimi jami depozitlari hajmidagi ulushi 2025-yil 1-yanvar holatiga 1% bandga oshib, 50%ga yetdi, ammo 1-fevral holatiga “Ipotekabank” va “Tengebank” ning ulushi mos ravishda 0,67% ga va 0,37% ga qisqarishi natijasida davlat ulushi mavjud banklarning ulushi 1% bandga ortdi.

Chet el valyutasi bank depozitlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi 2024-yil boshida 4,7% ni tashkil qilgan bo‘lsa, yil yakunida 5,3% ga yetdi. Qolaversa, ushbu davrda milliy valyutada jalb qilingan depozitlar hajmi 365 ga, chet el valyutasida jalb qilingan depozitlar  hajmi 7,4% ga ortgan.

Tahlil qilingan davrda aktivlar, kreditlar va depozitlar bo‘yicha hisoblangan HHI indeksi raqobat darajasi oshib borayotganini ko‘rsatmoqda. Bunda davlat ishtirokini kamaytirish, xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar raqobat sharoitlarini yaxshilash va bank sektorini yanada rivojlantirishga xizmat qilayotganidan dalolat bermoqda.

Ma‘lumot uchun: bozor HHI (Xerfindal Xirshman Indeksi) bo‘yicha raqobat darajasiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi, raqobat darajasi past (HHI 2500-10000 gacha), o‘rtacha (HHI 1500- 2500) va yuqori (HHI 1500 dan past)

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zini o‘zi band qilish maqomi nimani anglatadi, uning qanday foydalari bor
/
O‘zini o‘zi band qilish maqomi nimani anglatadi, uning qanday foydalari bor
Reuters: Yevropa Ittifoqi Usmonovning singlisidan sanksiyalarni olib tashladi
/
Reuters: Yevropa Ittifoqi Usmonovning singlisidan sanksiyalarni olib tashladi
Qarshi shahrini deyarli ikki barobarga kengaytirish rejalashtirilmoqda
/
Qarshi shahrini deyarli ikki barobarga kengaytirish rejalashtirilmoqda