O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 68 mlndan oshdi

2025-yil davomida to‘lov terminallari orqali umumiy hisobda 460,25 trln so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilgan

O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 68 mlndan oshdi

Markaziy bank O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank plastik kartalari, to‘lov terminallari, bankomatlar va infokiosklar sonini ochiqladi.

2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatda muomalaga chiqarilgan jami bank kartalari 68 mln 267 ming donadan oshgan. Bu uch yil avvalgidan qariyb ikki baravar ko‘p. 2023-yil 1-yanvargacha respublikada 34,2 mln karta muomalada bo‘lgan. 2024-yil boshida mazkur raqam 46,2 mln donaga, 2025-yil yanvarida 62 mln donaga yetgan.

Joriy yil yanvarigacha O‘zbekistonda 430 ming 762 dona to‘lov terminallari o‘rnatilgan. Bir yil ilgari ular soni 426 ming 225 dona bo‘lgan. Shu bilan birga, mamlakatda ishlab turgan bankomat va infokiosklar soni 40 ming 90 donaga yetgan. 2025-yil 1-yanvarida ushbu uskunalar soni 29 ming 909 ta edi.

2026-yil 1-yanvargacha respublikada to‘lov terminallari orqali umumiy hisobda 460,25 trln so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilgan. Bu ko‘rsatkich bir yil oldingidan (326,7 trln so‘m) qariyb 133,5 trln so‘mga ko‘p.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mirziyoyev Markaziy Osiyo uchun “Toza havo” konsorsiumini tuzishni taklif qildi
/
Mirziyoyev Markaziy Osiyo uchun “Toza havo” konsorsiumini tuzishni taklif qildi
O‘zbekistonda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzlarni undirish tartibi soddalashtirildi
/
O‘zbekistonda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzlarni undirish tartibi soddalashtirildi
Hamkorbankning 0,004% lik aksiyalari birjada sotuvga qo‘yildi
/
Hamkorbankning 0,004% lik aksiyalari birjada sotuvga qo‘yildi