BAAda mehmonxonalar bekor qilingan aviaqatnovlar sabab turistlar yashash muddatini uzaytirildi

Hukumat yopiq havo hududi sharoitida xorijiy fuqarolarni majburiy ravishda mehmonxonadan chiqarishni taqiqladi

BAAda mehmonxonalar bekor qilingan aviaqatnovlar sabab turistlar yashash muddatini uzaytirildi

BAA Iqtisodiyot va turizm departamenti mahalliy mehmonxonalarga uyiga o‘z vaqtida ucha olmayotgan sayyohlar uchun band qilingan xonalarni saqlab qolish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu haqda RBK xabar qildi.

Rasmiy qarorga ko‘ra, aviatsiya qatnovlari to‘xtatilgani sababli murakkab vaziyatga tushib qolgan shaxslarni mehmonxonadan chiqarish taqiqlanadi. Mehmonxona majmualari rahbariyatiga dastlabki bron paytida belgilangan moliyaviy shartlar asosida yashash muddatini uzaytirishni rasmiylashtirish topshirildi.

Agar xorijiy fuqaro qo‘shimcha kunlar uchun to‘lov qilish imkoniga ega bo‘lmasa, mehmonxona ma’muriyati bu haqda tegishli departamentni xabardor qilishi shart. Bunday hollarda moliyaviy xarajatlarni qabul qiluvchi tomon zimmasiga oladi. Idorada ta’kidlanishicha, amaldagi sharoitda mehmonlarga ko‘maklashish ustuvor vazifa hisoblanadi.

Xarajatlarni qoplashga tayyor ekanini Abu-Dabi va Ras al-Xayma ma’muriyatlari ham tasdiqlagan.

Avvalroq Sharja hamda Dubayda turistlarga joylashtirish rad etilgani bilan bog‘liq holatlar qayd etilgan, natijada turoperatorlar shoshilinch tarzda muqobil turar joy izlashiga to‘g‘ri kelgan. Yangi farmoyish turizm bozorining barcha ishtirokchilari uchun yagona harakat reglamentini belgilaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Samarqand 2030-yilgacha zamonaviy “yashil shahar”ga aylantiriladi
/
Samarqand 2030-yilgacha zamonaviy “yashil shahar”ga aylantiriladi
Oʻzbekiston va Gruziya $1 mlrddan ortiq investitsiya va savdo bitimlarini imzoladi
/
Oʻzbekiston va Gruziya $1 mlrddan ortiq investitsiya va savdo bitimlarini imzoladi
O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi
/
O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi